4-modda. Hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Hakamlik sudlarining faoliyati qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining xolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Hakamlik muhokamasi sudyasi mazkur prinsplarga amal qilishi va vaziyatni xolislik ruhida xal etishi zarur.
|
|
|
Tadbirkor R.Aliyev va tadbirkor S.Solievlar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik bitimi tuzilib, hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan.
Hakamlik sudi da’vo arizasiga ilova qilingan hujjatlarga advokatning ishonchnomasi ilova qilinmaganligini asos qilib da’vo arizasini da’vogarga qaytaradi. Da’vogar R.Aliyev mazkur nizo bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilib, da’vo talablarini asoslash bilan birga ilgari taraflar o‘rtasida tuzilgan hakamlik bitimi o‘z kuchini yo‘qotganligini ta’kidlaydi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Mazkur nizo bo‘yicha hakamlik bitimining bekor bo‘lishiasoslimi? Fikringizni asoslantiring.
3. Hakamlik bitimida belgilanadigan holatlarni tushuntiring.
29-modda. Da’vo arizasi
Da’vogar o‘z talablarini hakamlik sudiga yozma shaklda beriladigan da’vo arizasida bayon etadi. Da’vo arizasining nusxasi javobgarga yuboriladi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
da’vo arizasining sanasi;
hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
da’vogarning talablari;
da’vogarning talablariga asos bo‘lgan holatlar;
da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
da’voning bahosi;
da’vo arizasiga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Da’vo arizasi da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, da’vo arizasiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Mazkur holatda advokatning ishonchmasi zarur emas, u taraflarning birining vakili hisoblanadi. Vakil ishonchnoma olishi mumkin, ishonchnomani da’vogar taraf yoki javobgar taraf o’z nomidan sudda qatnashishi uchun advokatga ishonchnoma berishi mumkin. qisqa qilib aytganda advokatning ishonchnomasi kerak emas.
|
|
|
Tadbirkor S.Umarov hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etgan. Da’vogar da’vo arizasi bilan birga da’voni ta’minlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritib, javobgarning egaligida mavjud bo‘lgan mol-mulklarning sud tomonidan nizo ko‘rib chiqilgunga qadar uni xatlab qo‘yilishi lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Hakamlik sudi da’voni ta’minlash choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan. Javobgar hakamliksudining mazkur ajrimi ustidan vakolatli sudga shikoyat kiritdi. Vakolatlisud arizani ish yurituviga qabul qilib arizani ko‘rib chiqish uchun sudmajlisi tayinladi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik sudining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiring?
3. Da’voni ta’minlash bilan dalilni ta’minlash o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring?
32-modda. Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish
Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik hakamlik sudining hal qiluv qarori ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash haqidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi vakolatli sudga beriladi. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqish hamda da’voni ta’minlash yoxud uni ta’minlashni rad etish haqida ajrim chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
|
|
|
Tadbirkor V. va tadbirkor S. lar o‘rtasida shartnoma shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining binosi kapital ta’mirlanayotganligi sababli nizoni ko‘rish uchun hakamlik sudi tadbirkor S ning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib, nizoni ko‘rib chiqib hal qiluv qarori chiqaradi. Da’vogar V. hakamlik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, hakamlik sudi javobgar S.ning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib unga moddiy bog‘langan deb hisoblab S manfaatida chiqarilgan hal qiluv qarorini noqonuniy hisoblashni so‘raydi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Mazkur nizo bo‘yicha V.ning talablari qonuniymi?
3. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy qanday belgilanadi?
4. Hakamlik sudining binosidan tashqarida o‘tkazilishi bilan bog‘liqxarajatlar qaysi tarafga yuklanadi?
26-modda. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining o‘zi tomonidan belgilanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |