Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari


Download 92.5 Kb.
bet4/5
Sana10.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1256914
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilaviy mojorolar va ularning sabablari. Nomaqul oila psixologik muhit salibiy bо‘lgan oila sifatida

Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli oiladan bо‘lib, kelin aksincha dexqon, ishchi yoki savdogar oiladan bо‘lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bо‘lsa bu ijtimoiy –madaniy tafovutlar xam er-xotin о‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin-kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida xam, iqtisodiy ta’minlanganlikda xam bir-biriga mushtarak bо‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu, kelin boshqa millatga mansub bо‘lsa, uning yangi oilaga moslashishi juda qiyin bо‘ladi. Masalan, о‘zbek xalqida kekirish tо‘yganlik – shukuronalik belgisi xisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat о‘ta odobsizlik xisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish xam osonlikcha kechavermaydi. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda “begona”dek tuyuiladi. Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga xam bog‘liq. Masalan, kо‘proq xolerik mijozga mansub bо‘lganlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelinlarni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi. Yangi sharoitga oson moslashadigan xamda uni osongina о‘zlashtirishga tayyor bо‘lganlar sangvinik mijozdir.
Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir karvon bо‘lgani uchun oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olgandan keyin esa uni о‘zgartirishni sira-sira istamaydi, uncha-muncha gap-sо‘zga parvo qilmaydi. Melanxonlik mijozlar xam shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruxi tushib ketadi, bо‘lar-bо‘lmasga xafa bо‘lavyradi. Ruxiy jixatdan esa nixoyatda sezgir bо‘lishadi.
Xar bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristikasi, ularning о‘ziga xos xususiyatlarni bilib olgan qaynona-kelinlarning til topib ketishlari oson kо‘chadi. Ba’zi qaynonalar о‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi va oqibatta kelin bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolg‘iz о‘g‘il otasiz oilada о‘sgan taqdirda kо‘proq uchraydi.
Qaynona- kuyov о‘rtasida xam kelishmovchiliklar bо‘ladimi va ular qanday rо‘y beradi?
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida xam bо‘ladi. Ichkuyov ba’zi xollarda kelin xonadoniga moddiy jixatdan qaram bо‘ladi (xech bо‘lmaganda uy-joy masalasida). Qaynona xamisha ziyrak va andishali bо‘lavermaydi. Kuyovning psixologik xushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zi qaynonalar kuyovga noо‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy xayotiga bunday qо‘pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin xam og‘ir axvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi о‘rtada qozilik qilishga xarakat bо‘lish. Bunday qobiliyat esa xammada xam bо‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga о‘tadi. Xar ikkala xolda xam oila barbod bо‘lishi mumkin.
Shunday xollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar xayotiga kamroq aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini (ayniqsa rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha о‘g‘lini rashk bо‘lish. Oqibatda esa yana nizolar paydo bо‘ladi. Bunda birinchi xolda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslaxatlashgan, dardlashgan bо‘lsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat e’tibori kuyovga –eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning xar bir xatti-xarakatini kuzatadi. Qizning oldida uning obrо‘sini tushirmoqchi bо‘ladi, kamsitadi. Bunday xollarda ba’zi qaynonalar nima sababdan kuyovning qasdiga tushib qolganini о‘zlari xam bila olmaydilar, bunga turli baxonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor- rashk, faqat qizni qizg‘anishdir. Bunday xolatni kelin erning uyda yashagan juftlarda xam kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilingandek, qaynona о‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi.
Buning olidini olish qizlar turmushga chiqanlaridan sо‘ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bо‘lsa, undan о‘z diqqat-e’tiborini, farzandlik mexr-muxabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qо‘ymasligi lozim. Qaynonalar xam avvalo, о‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizning kuyoviga, о‘g‘lining xotiniga mexr-muxabbati, e’tibori ular oilasiga baxt-saodatning, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini о‘z eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqei va boshqa bir jixatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obrо‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bо‘ladi.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling