Dasturning informatsion - uslubiy ta’minoti
Mazkur fanlarni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot - kommunikatsion texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutiladi:
- Dirijyorlik fanlari bo’yicha nazariy bilimlarda zamonaviy kompьyuter texnologiyalari saytlaridagi elektron darsliklar namunalaridan foydalanish;
- o’rganiladigan asarlar ijrosi yozilgan musiqiy disketlar, CD, DVD, MP3 va magnitafon lentalari;
- musiqiy filьmlar yozilgan xujjatli disklar;
- O’zbekiston radiosida saqlanayotgan kamer xori, xor kapellasi, xor jamoalari ijrosidagi asarlar namunalaridan foydalanish;
- talabalarda badiiy ijrochilikni shakllanishiga, musiqiy did va bilimlarini kengaytirishiga asos bo’ladi.
SO’Z BOSHI
Dirijyorlik fani 5141000-“Musiqiy ta'lim” ixtisosligi o’quv rejasidagi mutaxassislik bo’yicha asosiy fanlar hisoblanadi.
Dirijyorlik fani bo’yicha bo’lajak musiqa o’qituvchisi va xor rahbarlari xor ijrosini boshqarishning eng muhim qoidalarini o’rganadilar.
1.1. Fanning maqsad va vazifalari:
- bo’lajak bakalavrlarni xor ijrosini boshqarishga tayyorlash;
- turli o’lchovlarga dirijyorlik qila olish;
- ijroni boshlash, tugallash, musiqani ifoda vositalarini qo’l harakatida (yuz, gavda) ifodalay olish;
- asar mazmuni, xarakterini ifodalash.
- vokal-xor malakalarini amalda qo’llay olish;
- turli tildagi xorlarga dirijyorlik qilish.
1.2. Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar:
- dirijyorlik apparatining to’g’ri yo’lga qo’yilishi;
- dirijyorlik o’lchovlari, sxemalarini to’g’ri egallash;
- dirijyorlik harakati, xorni boshqarish elementlarini puxta o’zlashtirish;
- dirijyorlik qilishda asar xarakteri, xor turi, ko’rinishi, ovoz partiyalar, musiqaviy ifoda vositalarini ifodalay olish;
- a’kapella va jo’rli asarlar bilan ishlay olish;
- bolalar xorlarini o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish.
1.3. Dirijyorlik fani musiqa o’qitish metodikasi, xor va xorshunoslik asoslari, musiqa nazariyasi va musiqa asarlari tahlili fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |