Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети
AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI
Download 168.05 Kb.
|
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika
AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARIPedagogik amaliyot vazirlik tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasiga asosan ma`lum bir vaqt bo`yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar pedagogik amaliyot dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat`iy amal qiladi. Har bir amaliyotchi pedagogik amaliyotni belgilangan muddatda o`tashi lozim. Agar talaba pedagogik amaliyot talabi va intizomiga roya etmay ikki kun sababsiz qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o`z hisobotini kafedra tomonidan tayinlangan hay`at oldida himoya qiladi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ish haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan o`tmaydi. Umumta`lim maktablarida xar bir amaliyotchi-talabalar va ularga bo`ladigan tadbirlarni, amaliyot davomidagi qo`shimcha ma`lumotlarni on-line kanal orqali yoritib boriladi. Amaliyotchi o`ziga noaniq bo`lgan barcha masalalar bo`yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga murojaat qilish huquqiga egadir. O`quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. Shuningdek, o`quv dargohida o`tadigan majlis, anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs markazi va kabinetlardan unumli foydalana olish huquqlari ham beriladi. TALABALARNING PEDAGOGIK AMALIYOTINI HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASHTalabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, o`quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o`tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o`qituvchilarni ko`rsatmalarini, hamda psixologiya va maktab gigienasi bo`yicha bajaradigan topshiriqlar bo`yicha zarur bo`lgan ma`lumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo`yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar. Amaliyot o`tkazilgandan so`ng talabalar amaliyot davomida yuritgan hujjatlar hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko`rgazma qurollarini amaliyotning rahbariga topshiriladi. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda va fakultetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko`ra va zarur bo`lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo`yiladi, pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo`yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo`lsa baho qo`yilmaydi. Download 168.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling