Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети
AMALIYOTCHI-TALABALARNING VAZIFALARI
Download 168.05 Kb.
|
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika
AMALIYOTCHI-TALABALARNING VAZIFALARIAmaliyotchi-talaba ushbu dasturda ko`rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O`quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va mehnatsevarlik namunalarini ko`rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o`tkazilayotgan mashg`ulotlarga puxta tayyorgarlik ko`rib kelishi kerak. Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga so`zsiz bo`ysunishi zarur. Amaliyotchi yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha bo`lgan choralar ko`rilishi mumkin. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishlari qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o`quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o`tish belgilanadi. Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir. Shuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo`yiladi: o`z mutaxassisligi bo`yicha mashg`ulotlarni olib borish malakasini egallashi; nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishni o`rganishi; o`quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi; o`quvchilarni ma`naviy barkamol qilib tarbiyalash ishiga ijodiy yondosha olishi; maktabdagi o`quv-tarbiya ishlaridagi ilg`or tajribalarini o`zlashtirishi; o`zida ijodiy tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, pedagogik mahorat, o`z kasbidan zavqlanish kabilarni mujassamlashtirishi; Shuningdek, amaliyotchi-talaba amaliyot davomida maktabning ichki tartib- qoidalariga to`liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi: sinf rahbarining ish mazmuni, o`qituvchining mas`uliyati kabi vazifalar bilan tanishishi; biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o`rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov darsiga tayyorlanishi va o`tkazishi; tarbiyaviy ishlar bo`yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov tadbiri bo`lishi; amaliyotchi-talabalarning o`rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi hamda ular muhokamasida o`z fikrlari bilan qatnashishi; reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga, o`quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi. Download 168.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling