“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi Tadbir zali “Yoshlar oitsga qarshi”


Download 312.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi312.67 Kb.
#1581325
  1   2   3   4


“Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi 
 
Tadbir zali “Yoshlar OITSga qarshi” shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan 
bezatilgan. 
Sahnaga boshlovchi chiqib keladi. 
Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi,
Yurtning iftixori, gul-u lolasi. 
Sensan Vatanimning suyangan tog‘i, 
Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i! 
Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan 
aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirimizga 
hush kelibsiz! Bugun 1-dekabr jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurashish 
kunini nishonlaydi. 
Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan 
inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir 
fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi 
sanaladi. 
Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr 
taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad 
yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun 
kurashamiz. Har taraflama sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon yengib 
bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish masalasi 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston 
OITSga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qo‘llab –
quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir. 


Biz avval OITS haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. OITS qanday kasallik va 
qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida “Sog‘lom hayot” hamda “Sog‘lom jism” 
guruhlarini taklif etsakda ularni tinglasak. (Sahnaga uchta o‘quvchidan iborat guruh 
ishtirokchilari chiqib kelishadi). 

Download 312.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling