“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi Tadbir zali “Yoshlar oitsga qarshi”


Download 312.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi312.67 Kb.
#1581325
1   2   3   4
I-“Sog‘lom jism” guruhi. 
 
1-o‘quvchi
OIV- Odamning immunitet tanqisligi virusi OITSni qo‘zg‘atuvchisi 
hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan 
chiqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni 1983-yil OITS bilan kasallangan 
insonlardan Amerikalik olim Robert Gallo va Fransiyalik Lyuk Montan’elar mustaqil 
ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI 
asr vabosi” deb ataladi.
 
2-o‘quvchi
Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-4 haftadan 5-6 oy, hatto 5-7 
yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda 
kamquvvatlik, ishtaxaning pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana 
haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi, terida 
toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari, 
odamning keskin ozib ketishi, xavfli o‘smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Ba’zan 
OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his 
etishlari mumkin. Biroq ular shunday kasallikni boshqalarga yuqtirishlari mumkin. 
Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini 
zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. 
OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi OITS hisoblanadi. OITSga chalingan 
shaxslar zaiflashib qoladilar, chunki ularning tanasi kasallikka qarshi qobiliyatini 
yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi. 
3-o‘uvchi
Kasallik uch xil yo‘l bilan yuqadi.
Birinchi - tabiiy jinsiy yo‘l bilan.
Ikkinchi - sun’iy yo‘l ya’ni teri va shilliq qavat butunligining buzilishi bilan 
kechadigan muolajalarda nostril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanganda, soqol 
olish uskunalari va tish yuvish vositalari umumiy ishlatilganda, teriga tatuaj qilib rasm 


solganda, kosmetika muolajalarida, tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari quyilganda, 
a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda.
Uchinchisi- OIVni yuqtirib olgan homilador ayoldan homilaga yoki chaqaloqqa 
yuqishi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, u so‘lak, ko‘z yoshi ter, siydik tarkibida ham 
aniqlangan, lekin ularda virus konsentrasiyasi juda kam miqdorda bo‘lgani sababli 
kasallik chaqirish qobiliyatiga ega emas. OITS organizmning infeksiyaga va saraton 
kasalliklariga qarshi kurashiga to‘sqinlik qiluvchi yuqumli kasallikdir. OITS 
qurbonlarining o‘limiga virus emas aynan shu kasallik sabab bo‘ladi. OITS kasalligida 
ko‘pincha markaziy asab tizimi jarohatlanadi, bu esa turli ruhiy va nevrologik 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasallik yosh bolalarda ancha tez zo‘rayadi. OIV 
yuqtirganlik to‘g‘risidagi tashxis faqat laboratoriya yo‘li bilan amalga oshirilishi 
mumkin. 
OITS bedavo dard, bu kasallikning to‘la davosi aniqlanmagan, biroq immunitet 
tizimini shikastlashda davom etishiga chek qo‘yuvchi antiretrovirus ARV preparatlari 
mavjud. ARV vositalari OITSga chalingan kimsalarga ancha uzoq davr hayot kechirish 
imkonini beradi.

Download 312.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling