“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi Tadbir zali “Yoshlar oitsga qarshi”
Download 312.67 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlovchi
II-“
Sog‘lom hayot” guruhi. : 1-o‘quvchi: Butun jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo‘yicha butun dunyoda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda jahon bo‘yicha 42 millon kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, har yili ularning safiga yana 2 millon 700 ming nafar kishi qo‘shiladi. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 millonga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. 2-o‘quvchi: Dunyo bo‘yicha kasallikni o‘ziga yuqtirgan insonlarning asosiy qismini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o‘ziga yuqtirganlarning yarmi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularning ko‘pchiligi onasi homiladorlik paytida tug‘ilish va ko‘krak suti bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar. 3-o‘quvchi: Dunyoning ko‘pgina davlatlarida OITS infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik berilgan, ayrim davlatlarda buning uchun og‘ir jazo tayinlangan. Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bila turib boshqa shaxsga OIV kasalligini yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshlovchi: Barakalla o‘quvchilar! Endi ishtirokchilarimizdan “Ha” yoki “Yo‘q” o‘yini orqali OITSni qanday yo‘llar orqali yuqishi hamda qanday yo‘llar orqali yuqmasligini yanada to‘liqroq ma’lumotlar orqali bilib olsak.(Har bir guruh ishtirokchilariga bittadan savol berib boriladi). 1. OITS virus orqali tarqaladi. 2. OITSni davolash mumkin. 3. OITS shunday holatki, unda inson a’zolarining boshqa kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati susayadi. 4. OITS qon quyish orqali yuqadi. 5. OITS boshqalar foydalangan ignalarni ishlatish orqali yuqishi mumkin. 6. OITS umumiy idishdan foydalanish va yo‘tal orqali yuqishi mumkin. 7. OITS quchoqlashish, qo‘l berib ko‘rishish,aksirish,oshxona jihozlari, sochiqlar,suzish havzalaridan foydalanish orqali yuqishi mumkin. 8. OITS onadan homilaga o‘tadi. 9. OITS yuqqach,faqat bir necha yildan so‘nggina o‘z belgisini namoyon etadi. 10. Kontraseptiv tabletkalar OITS yuqishi xavfini pasaytiradi. 11. Kishini tashqi ko‘rinishiga qarab ushbu kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganini aniqlash mumkin. 12. Insonlar o‘zaro suhbatlashganda yuqishi mumkin. Download 312.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling