Shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan bezatilgan


Download 1.34 Mb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1035301
  1   2   3   4
Bog'liq
“Yoshlar oitsga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi



http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/biolog_group



Muallif: Namangan viloyat Mingbuloq tumani xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 43 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Qaxorova Gulchexra

Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi


Tadbir zali “Yoshlar OITSga qarshi” shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan bezatilgan.
Sahnaga boshlovchi chiqib keladi.
Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi, Yurtning iftixori, gul-u lolasi.
Sensan Vatanimning suyangan tog‘i, Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i!
Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirimizga hush kelibsiz! Bugun 1-dekabr jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurashish kunini nishonlaydi.
Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi sanaladi.
Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurashamiz. Har taraflama sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon yengib bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston OITSga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir.

Biz avval OITS haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. OITS qanday kasallik va qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida “Sog‘lom hayot” hamda “Sog‘lom jism” guruhlarini taklif etsakda ularni tinglasak. (Sahnaga uchta o‘quvchidan iborat guruh ishtirokchilari chiqib kelishadi).

  1. Sog‘lom jism” guruhi.




  1. o‘quvchi: OIV- Odamning immunitet tanqisligi virusi OITSni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan chiqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni 1983-yil OITS bilan kasallangan insonlardan Amerikalik olim Robert Gallo va Fransiyalik Lyuk Montan’elar mustaqil ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI asr vabosi” deb ataladi.

  2. o‘quvchi: Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-4 haftadan 5-6 oy, hatto 5-7 yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda kamquvvatlik, ishtaxaning pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi, terida toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari, odamning keskin ozib ketishi, xavfli o‘smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Ba’zan OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his etishlari mumkin. Biroq ular shunday kasallikni boshqalarga yuqtirishlari mumkin. Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.

OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi OITS hisoblanadi. OITSga chalingan shaxslar zaiflashib qoladilar, chunki ularning tanasi kasallikka qarshi qobiliyatini yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi.


  1. Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling