Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi


Download 168.05 Kb.
bet12/25
Sana03.10.2023
Hajmi168.05 Kb.
#1691089
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi:


  1. Talabalarni maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi.

  2. Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o`tkazishda yordam beradi.

  3. Amaliyotchi-talabalar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va o`tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi.

  4. Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida va ularning muhokamasida qatnashadi.

  5. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda ishtirok etadi.

7. Fan o`qituvchisi:


  1. Talabalarni o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulot o`tkazadi.

  2. Uslubchi o`qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlar mavzularini taqsimlab beradi.

  3. Talabalarini sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishida maslaxatlar beradi, o`tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg`ulot rejasi va reja-konspektini tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg`ulot o`tishiga rozilik beradi.

  4. Talabalar tomonidan o`tkazilgan dars va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlarning muhokamasi va uni baholashda qatnashadi.

  5. Amaliyotchilarni o`quvchilar bilan to`garak ishlarini o`tkazishga, qo`shimcha darslarni o`tishga, ko`rgazmali qurollar tayyorlashga va daftarlarni tekshirishga jalb etadi.

  6. Pedagogik amaliyot bo`yicha direktor o`tkazadigan yig`ilishlarda hamda institutdagi yakuniy anjumanlarda qatnashadi.

8. Sinf rahbari:


  1. Talabalarni sinfdagi o`quvchilar ro`yxati, ularni o`zlashtirishi, davomati, xulqi bilan, asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, o`quvchilar bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o`tkazadi.

  2. O`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishda amaliyotchilarga yordam ko`rsatadi.

  3. Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo`lgan tarbiyaviy masalalarni belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga maslaxatlar beradi.

3. Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi.

  1. Talabalarni sinfdan tashqari o`tkazadigan mashg`ulotlariga, ularning muhokamasi va baholanishida qatnashadi.

  2. Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda qatnashadi.

  1. Download 168.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling