Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy pedagogik amaliyot vazifalari


Download 268.5 Kb.
bet3/15
Sana14.09.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1678212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
19091 УМУМИЙ ДАСТУР 2014 немис

Malakaviy pedagogik amaliyot vazifalari
1. Amaliyotchi-talabalarning oliy о‘quv yurtida egallagan bilimlarini mustahkamlash va о‘quvchi-talabalar bilan olib boriladigan dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni о‘rgatish.
2. Amaliyotchi – talabalarda uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida talimiy-tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama о‘rganish, dars, darsdan tashqari turli kо‘rinishdagi ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil, о‘quv-malakalarini takomillashtirish.
3. Talabalarda dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish о‘quv malakalarini shakllantirish.
4. О‘quv dasturlari va taqvim - rejalariga asosan uslubiy-ma’naviy ishlarida metodik yordam uyushtirish.
5. Talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, о‘quvchilar bilan alohida – alohida va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga о‘rgatish.
6. Talabalarni ta’limiy-tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani о‘rganishga jalb etish.
7. Talabalarda pedagogik faoliyatga ijodiy, ilmiy va amaliy yondashish munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish.
8. Talabalarda milliy va umuminsoniy tarbiya muammolarini hal qilishga imkon beradigan pedagogik qobiliyatni takomillashtirish, о‘quvchi shaxsi va uning tarbiyasiga bо‘lgan intilishlarini kuchaytirish.
9. Erkin va mustaqil fikrlovchi, о‘z ustida muntazam ishlovchi shaxs bо‘lish kо‘nikmasini qaror toptirish.
10. Xozirgi zamon uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimidagi pedagogik faoliyatga ijodiy, tanqidiy yondashishni shakllantirish.
11. Amaliyot obyektlaridagi о‘qitishning yangi texnologiyasi bilan yaqindan tanishish.
12. Talabalarga kasbga bо‘lgan qiziqish va muhabbat sifatlarini shakllantirish.
13. Amaliyotchi talabalarda kasbga qiziqishni va muhabbatni shakllantirish asosida pedagogik faoliyatga tadqiqotchilik va ijodiy yondoshishni qaror toptirish.
14. Malakaviy pedagogik amaliyot akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o’tkaziladi.



Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling