Nizomiy nomidagi tdpu “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulьteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti Radjapov Usmanbay Raximovichning “Engil


Mashg’ulotning tayyorgarlik davrida


Download 71.87 Kb.
bet6/9
Sana09.01.2022
Hajmi71.87 Kb.
#265069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mashg’ulotning tayyorgarlik davrida shug’ullanish sharoitiga, sportchi-ning yoshiga va tayyorgarligiga qarab mashg’ulotlar haftada 4-5 marta o’tkazilishi mumkin.

Qishki mashg’ulotning asosiy vositalari: beshkurash turlari, yugurish, sakrash va akrobatika mashqlari, to’ldirma to’plar, og’irliklar bilan mashq bajarish, sport o’yinlari, krosslar va h.k.

Og’irliklar bilan mashq bajarishda ayollar organizmi ayrim xususiyat-larga ega, shuning uchun mashg’ulot davomida ularga alohida e’tibor berilishi zarur.

Oylik tsikl oxiriga 2-3 kun qolganda va undan keyin 2-3 kungacha og’irliklar va sakrash mashqlarining yuklamasini pasay-tirish kerak.

Kuzgi-qishki mashg’ulot bosqichining boshida kuch va tezkorlikni rivojlantirishga va harakatlarni boshqara olishni yaxshilashga ko’proq e’tibor beriladi. Ko’pkurash turlari bilan esa faqat mashq ko’rganlikni saqlab qolish uchungina shug’ullanish kerak.

Boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va umumiy chidamli-likni oshirish uchun mashg’ulotlarning qiziq o’tishiga yordam beruvchi sport o’yinlaridan ko’proq foydalanish darkor.

Sportchi ayollarning asosiy vazifasi beshkurash turlari texnikasini muttasil ravishda takomillashtirish hisoblanadi. SHuning uchun har bir turdagi ko’pgina maxsus mashqlardan juda ko’p foydalanish kerak.

Tayyorgarlik davrida mana bunday sxemadagi haftalik tsikl qo’llanilishi ham mumkin.

1-kun – kuch tayyorgarligi va o’zgaruvchan yugurish.

2-kun – yettikurashning birinchi kunidagi turlarni takomil-lashtirish va yugurish tayyorgarligi.

3-kun – uzunlikka sakrash va yugurish texnikalarini tako-millashtirish.

4-kun – dam olish.

5-kun – birinchi kundagilar takrorlanadi.

6-kun – qoloq turlarni takomillashtirish, kross yoki o’zgaruvchan yugurish.

7-kun (yakshanba) – dam olish.

Iloji bo’lsa bir kunda ikki marta mashg’ulot o’tkazish beshkurash turlarini texnikaviy jihatdan yaxshiroq takomillashtirishga yordam beradi. Bu davrdagi krosslar mashg’ulotdan keyin kuchni tiklashga ko’maklashadi. Krosslar asosan 15-20 minut davom etadi.




Download 71.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling