Nizomiy nomidagi tdpu fizika astranomiya ta’lim yo’nalishi fa-203 guruhi


Badiiy uslub va uning xususiyatlari


Download 8 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi8 Kb.
#1411084
1   2   3   4
Bog'liq
Nizomiy nomidagi tdpu fizika astranomiya ta’lim yo’nalishi fa-20-fayllar.org

Badiiy uslub va uning xususiyatlari:


  • Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi:

  • Namuna: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda.

  • Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.

  • Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.


Og’zaki nutq turlari:

  • Siyosiy-ijtimoiy nutq: Miting nutqi, Sessiya, konferenciyadagi nutq , Rasmiy-diplomatik nutq.

  • Akademik nutq: O'quv yurtlari ma'ruzalari, Ilmiy nutq , Ilmiy axborot, Ilmiy sharh.

  • Sud nutqi: Qoralovchi (prokuror) nutqi, Oqlovchi (advokat) nutqi, O'z-o'zini himoya qilish nutqi.

  • Ijtimoiy-maishiy nutq: Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi), Ta'ziya (motam nutqi).

  •  Diniy nutq: Hutba, Va'z

Publitsistik uslub va uning xususiyatlari:


  • Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop (publitsistik) uslub hisoblanadi.

  • Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi

  • Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi.

  • Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi.

  • Namuna: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil yеtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.

Tushunchalar lug’ati.


  • Frazеologiya- (yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya) — tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi boʻlimi.

  • Nazm - (arab. — tuzum, tartib; tizma sheʼr).

  • Nasr (arab. — koʻmak, zafar),

  • Proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli.

  • Vulgarizmlar tilda mavjud bo‘lgan qarg‘ish so‘zlardir.

  • Xutba (arab. — targʻibot, nutq) — juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi)ning vaʼzxonligi, diniy pandnasihat.

  • Va’z - diniy yoki ma'naviy mavzudagi jamoat nutqining shakli bo'lib, odatda jamoat xizmatining bir qismi sifatida etkaziladi. Bu so'zlashuv va nutq uchun lotincha so'zdan kelib chiqadi.

Download 8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling