У
Учинчи шахс - Third person — Третье лицо
Хослик шакли - Form of affiliation — Форма принадлеjности
Ч
Чет сўзлар - Foreign words — Иностраннїе слова
Чиқиш келишиги - The source case — Исходнїй падеj
Ш
Шакл ясалиши - Shaping — Формообразование
Шаклдошлик - Аmbiguity - 1 неоднозначность; неясность; 2 омонимия
Шахс оти - agent noun - имя, обозначающее деятетеля,одушевлённое
Шахссиз - infinite - неличнїй
Kelishik kategoriyasi
Reja:
Kelishiklar taraqqiyoti.
Eski o‘zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari.
Eski o‘zbek tilida jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari.
Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so‘zning fe’lga, ba’zan boshqa so‘z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bo‘lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qo‘llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo‘llanishi ancha chegaralangan bo‘lib, o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. SHu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo‘llangan so‘zlar ravish kategoriyasiga o‘tgan yoki o‘tish jarayonida bo‘lib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudїmdїn qalїbtur yalg’uz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qїlg’ay fїg’ān (Atoiy).
Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funkцiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzїlїna xud yetә bilmәs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alїb olturubturlar (Furqat). SHu bilan birga, bosh kelishikdagi so‘z kesim va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida ham keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |