Savol va topshiriqlar:
Qaratqich kelishigi qo‘shimchalarini sanang.
Jo‘nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan qanday qo‘shimchalari mavjud?
Kelishik qo‘shimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing.
Vosita kelishigi qanday hosil qilingan?
Tarixiy morfologiya nima?
Eski o‘zbek tili qaysi davrlarga bo‘linadi?
Morfologiyaning bo‘limlarini sanang
Ismlarga qaysi so‘z turkumlari kiradi?
Ot so‘z turkumi
Otlarda sintaktik shakllar
7.Otlarda lug’aviy shakllar
Egalik qo‘shimchasi bilan bog’liq fonetik hodisalar
Egalik qo‘shimchalarining qo‘p variantliligi va uning sabablari
Morfologiya haqida umumiy ma’lumot bering.
Tarixiy morfologiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Otlarda grammatik son kategoriyasiga nimalar kiradi?
Otlardagi egalik kategoriyasi haqida gapiring.
Ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang.
Arabcha ko‘plik shaklidagi so‘zlar toping.
Egalik qo‘shimchalarining hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanmaydigan variantlariga manbalardan misol keltiring.
Kelishiklar taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz?
Kelishik turlari va ularni hosil qiluvchi affikslarni sanab ko‘rsating.
Manbalarda vosita kelishigining qo‘llanishi haqida nima deya olasiz?
Tanch tushunchalar:
Kelishik kategoriyasi – aslida otning fe’lga tobeligini ta’minlaydigan so‘z formalari jami.
So‘z formasi (shakli) – leksik ma’no, grammatik ma’no va uni ifodalash usullari yig’indisi.
Kelishik qo‘shimchalarining belgili-belgisiz qo‘llanishi – kelishikning qo‘shimchaga ega bo‘lganligini (aslida 20-yillarda «belgi» termini «qo‘shimcha» ma’nosini anglatgan) yoki ega bo‘lmaganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |