Nizomiy nomidagi tdpu o’zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M. Rahmatovning 301-302-guruhlarda
Download 167.83 Kb.
|
kelishik kategoriyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESKI O‘BEK TILIDA BOG‘LAMALAR (ISMLARDA TUSLANISH VA KESIMLIK AFFIKSLARI)
Vosita kelishigi. YUqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid bo‘lgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anї kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu?
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan bo‘lib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etәrәm tүshkәli men yalg’uzun andїn// hech oldї tanїm, qaldї hamin yalg’uz үn andїn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatї (Atoiy). Vosita kelishigi formasidagi so‘zlarning bir qismi ravish kategoriyasiga o‘tgan. Ravish kategoriyasiga o‘tish, asosan, payt bildiruvchi so‘zlar doirasida bo‘lgan: qїshїn, yazїn, erten, kechin, tunun kabi. Bu so‘zlar tarkibidagi –їn,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi bo‘lib, keyinchalik so‘zning tarkibiy qismiga aylangan va bunday so‘zlar ravish sifatida shakllangan. ESKI O‘BEK TILIDA BOG‘LAMALAR (ISMLARDA TUSLANISH VA KESIMLIK AFFIKSLARI) Eski o‘ zbek tilida ham ot va ot turkumidagi so‘zlar (sifat, son, olmosh) kesim vazifasida kelganda maxsus kesimlik shakllarinin qabul qiladi: -men, -sen, -miz (- biz), siz qo‘shilgan. Masalan: Üch kun boldi ach-men (QR). Sen meŋa sultan-sen (Lutfiy). Siz ikäv bir ataiŋ og‘li-siz // siz ikävgä qaravchi bizlar-biz (SH N ). Atam ornig'a emdi atam-siz (Sh. tar.). ot + kesimlik affiksi + shaxs-son affiksi shaklidagi ot kesimlar. 1. Tur- holat fe ’li kesimlik affiksi vazifasida turur, durur, tür/tur, dür/ dur shakllarida qo‘llangan. XIII—XIV asrlarda asosan turur shakli qo‘llangan: Men muxlis turur men (Tafsir). Biz barchamiz Yusufnuij qartndashlan turur miz (QR). Bu darvish yaman kishi turur (N F ). Ul faqir durur (Saroyi). Chechak-sen, banda sayrar bulbuluydur (MN). XV asr va undan keyingi davrlarda asosan uning qisqargan shakli dur/ dur, tur/ tur qo‘llangan boiib, turur, durur shakllari, asosan, she’riy asarlarda uchraydi: Kӧŋlum tilim birla muvafiqtur (Atoiy) Men bir shikasta qulutjdur-men (Sakkokiy). Bu sevishmäk ikki yandin xush turur (Lutfiy). Ishq behad yiraqdurur andin (Navoiy, SS). 2. Er- to‘liqsiz fe ’li kesimlik affiksi vazifasida erur (hozirgi kelasi zamon) shaklida q o ‘Ilangan. T o ‘liqsiz fe’lning kesimlik affiksi vazifasida qo‘llanishi XIII—XIV asrlar tiliga xos bo’lib, nasriy asarlarda ham , she’riy asarlarda ham uchraydi: Bu menim shāgirdim erur (Tafsir). Üstünräk ne’matim tilämäk mahal erur (QR). XV asrdan keyingi davrlarda erur to‘liqsiz fe’lining kesimlik affiksi vazifasida qo‘llanishi she’riy asarlarda uchraydi: Өzga kishi sөzi lāf erur (Lutfiy). Biri ul jumladin imārat erur (Navoiy, SS). Kөchamiz mahkam erur, qorg‘an ham (SHN). Yozuv yodgorliklaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tili taraqqiyotining oldingi davrlarida kesimlik affiksi har uchala shaxsda ham mavjud bo‘lgan. Keyinchalik I va II shaxslar tarkibidan tushib qolgan: atam turursen (>atamdur-sen)> atam-sen kabi. III shaxsda esa shaxs-son ko‘rsatkichi yo‘qligi uchun asosan saqlangan. Hozirgi o‘zbek tilida III shaxsda ham ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Lekin ot kesim tarkibida kesimlik affiksining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ma’noga ta’sir qilmaydi. Download 167.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling