Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti tarix oʻqitish metodikasi 301-guruh talabasi
Download 1.8 Mb.
|
Asrorova Dilrux-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1870- yil 19- iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush elon qildi.
- BUSINESS BUSINESS
Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti tarix oʻqitish metodikasi 301-guruh talabasi Asrorova Dilruxsor Fransiya-Prussiya urushi, Germaniya birlashtirilishining yakunlanishi. XIX asrning 70-yillarida Bismark hukumatining ichki siyosati Fransiya va Prussiya hukumatlari o'r-tasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish masalasida janjal chiqdi. Muzokaralar davomida Bismark Prussiya qiroli xatiga o'zgartirishlar kiritib, Fransiya hukumatini atay-lab haqorat qildi (Bu tarixda "Ems depeshasi" deyiladi). Uning maqsadi shunday ig'vo bilan Fransiyani urush boshlashga majbur qilish edi. Bismark muddaosiga erishdi. 1870- yil 19- iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. Fransiya hukumati urush boshlaganida o'z kuchlarini yetarli hisobga olmagan edi. Armiyada yagona rahbarlik yo'q edi. Qo'shin kerakli harbiy anjomlar bilan ta'minlanmagan, hatto urush harakatlarining xaritalari ham yetishmas edi. Urushning birinchi kunlaridanoq Prussiya armiyasining ustunligi ma'lum bo'ldi. Fransuz qo'shinlari mag'lubiyatga uchray boshladi. Prusslar 160 ming kishilik qo'shin bilan fransuz armiyalaridan birini (100 ming kishi) Mes qal'asida, 140 ming kishilik armiya bilan Fransiya imperatorining o'zi ham bo'lgan 90 ming kishilik ikkinchi qo'shinni esa Sedan qal'asi yoni-da qurshab oldilar. 1870- yil 2- sentabrdagi jangda Mak-Ma-gon rahbarligidagi fransuz armiyasi mag'lub bo'lib, Sedan qal'asi qamalda qoldi. Napoleon III vahimaga tushib, Sedan qal'asidagi markaziy minora ustida oq bayroq ko'tarishni buyurdi. Fransiya armiyasi 3 ming kishini talafot berib, imperator boshliq 82 ming askar, ofitser va generallari bilan nemislarga taslim bo'ldi. Bu sharmandali holat amalda Ikkinchi imperiya hokimiyatining tugatilishi edi Germaniya Fransiyaning sanoati rivojlangan, strategik jihatdan muhim bo'lgan, ko'mir va temirga boy Elzas va Lotaringiya viloyatlarini egalladi. Bundan tashqari, mag'lub Fransiya hukumati Germaniyaga 5 milliard frank kontributsiya (tovon) to'lashi, kontributsiya to'langunga qadar Fransiyaning ancha qismi german qo'shinlari tomonidan bosib olingan holicha turadigan bo'ldi. Fransiya-Prussiya urushi prussiyaliklar gʻalabasi bilan yakunlanganidan keyin 1871-yil yanvarda Prussiya imperatori Vilgelm I Versal saroyida Germaniya imperatori deb eʼlon qilindi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan uzoq kurash yakunlandi va uni Bismark yakunladi. BUSINESS BUSINESS Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark„temir kansler“ deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri. E'tiboringiz uchun rahmat! Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling