natijasida shakllanadi. Shunday omillarning biri yosh avlodga ta`lim va tarbiya
berishdir. Ta`lim-tarbiya berish esa yosh avlodga uzviy va uzluksiz tarzda berilishi
lozim. O`zbekiston Respublikasida bunday uzluksiz ta`limning mohiyati ta`lim
turlarida o`zining aksini topgan.
Bu ta`lim turlari O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 y 29-avgust, O`zR Oliy Majlisi IX sessiyasi) da ko`rsatib berilgan. Vaholanki, «Ta`lim tug`risida»gi Qonunining asosiy maqsadi fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta`minlashga qaratilgan bo`lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi esa ta`lim sohasini tubdan iisloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan holis qilish, rivojlangan davlatlar darajasida, axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bunday kadrlarning faoliyati esa kreativ mazmunga egi bo`lishi hamda bunday pedagog uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida o`zining kreativligini yo`qotmasligi maqsadga muvofiqdir. Shu o`rinda uzluksiz ta`lim tizimiga ham qisqacha to`xtab o`tmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |