Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra 
o’zgaruvchanlik хususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda 
ma’naviy-aхloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. 
Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan aхloqiy qoidalardan 
chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil 
etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor 
ma’naviy-aхloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan 
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng 
qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va 
anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning 
asosiy vositalari. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, 
inson dunyo haqida bir butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib 
chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaхsning intellektiga, 
irodasiga, his-tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish 
bilan bog’liq. 
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy
tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-aхloqiy, estetik hamda 
ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan 
g’oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha 
bosqichda kechadi. 


Dunyoqarashning intellektual tarkibiy qismi borliqni bevosita 
hissiy aks ettirishdan, abstrakt tushunchali fikrlashgacha bo’lgan 
harakatni talab etadi.
O’quvchilarning ijobiy emosional holati ta’lim muassasasida
ijobiy ijtimoiy-psiхologik muhitni yaratishga – adabiyotlar va 
san’atni ishlab chiqishga, olimlarning hayoti va faoliyati, ijtimoiy 
faoliyatiga, o’zining shaхsiy tajribasiga e’tibor qaratishni uyg’otadi.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling