1. Dunyoqarash deb nimaga aytiladi?
2. Dunyoqarashning qanday turlari mavjud?
3. Ilmiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa turlaridan qaysi
jihatlari bilan farq qiladi?
4. E’tiqodning shakllanishi
qanday bosqichlarda amalga
oshadi?
5. O’quvchilarda
ilmiy
dunyoqarashni
shakllantirish
vositalariga nimalar kiradi?
6. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.
7. Fikrlash va uning turlarini tahlil eting.
3.5. FUQAROLIK TARBIYASI
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof
etilgan hamda
muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik –
insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari,
ijtimoiy va
aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy
etukligidir.
Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-
huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu
davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini
quyidagilar tashkil
etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega
bo’lgan aхloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib
borish.
Do'stlaringiz bilan baham: