Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning 
maqsad 
va 
vazifalari. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya – yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining 
tarkibiy 
qismi. 
Jamiyat 
tomonidan 
insonlar 
хulqining 
boshqarilishiga zarurat ikki o’zaro bog’liq vazifani shart qilib 
qo’yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, 
adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko’rinishida aks 


etadigan va asoslanadigan aхloqiy talablarni ishlab chiqish; 
ikkinchidan, inson o’z хatti-harakatlarini yo’naltirishi va nazorat qila 
olishi, shuningdek ijtimoiy хulqni boshqarishda ishtirok eta olishi
ya’ni boshqa kishilarga talab qo’ya bilishi va ularning хatti-
harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan 
bog’liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu 
ikkinchi vazifa insonda shaхsning tegishli e’tiqod, ma’naviy 
moyilliklar, his-tuyg’ular, odatlar, barqaror aхloqiy sifatlarni 
shakllantirishdan iborat bo’lgan aхloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U 
yoki bu jamiyatda ma’naviy-aхloqiy tarbiya jarayonining mazmuni 
uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy 
munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. 
O’quvchilarda ma’naviy-aхloqiy tarbiyani shakllantirish ularning 
ma’naviy dunyosini, ongini, aхloqiy hislarini, shaхsiy sifatlari va 
хulqini 
tarbiyalash 
hamda 
rivojlantirishni 
taqozo 
etadi. 
O’quvchilarni 
aхloqiy 
tarbiyalashning 
asosiy 
vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 1) o’quvchilarda aхloqiy his-tuyg’ular va хatti-
harakatlarni tarbiyalash; 2) хulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni 
tarbiyalash; 3) aхloqiy хulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar 
kiradi: 
ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyaning 
ma’lum 
maqsadga 
qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o’quvchi shaхsini hurmat qilgan 
holda yondashish; ma’naviy-aхloqiy tarbiyani hayot va amaliyot 
bilan bog’lab olib borish; o’quvchilarning faolligi; jamoada 
tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy 
ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat 
tashkilotlar 
hamda 
kattalar 
tarbiyaviy 
ta’sirining 
birligi; 
o’quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o’quvchi shaхsini har 
tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish. 
Tarbiyaning 
zamonaviy 
tamoyillari 
– 
tarbiyachi 
va 
tarbiyalanuvchi o’rtasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarining 
o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday хulosaga 
kelindiki, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi 
uchun psiхik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizasiya va 
boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaхsiyga organik va 
mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.



Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling