III BOB. SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK
FIKRLARNING RIVOJLANISHI
Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari:
«Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er
satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar
tarixi
va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U
birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va
sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik
shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab
raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot
jadvallarini tahlil etib,
«Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Do'stlaringiz bilan baham: