Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod
bo’ladi... Qanoat qo’rg’ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan
qutularsan, tog’likdir – u yerga chiqsang dushman va do’stga
qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik;
zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotsizlik urug’ining mevasi farovonlik...
Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida. Sabr achchiqdir – ammo
foyda
beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr
shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi;
ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.
Ulovdir –
yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir –
qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda
maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan
qiynaladi, ammo so’ngida sog’lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida. Saxovat
insoniyat bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir),
balki ul
shajarning mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining
bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj
bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida)
muruvvat karamning urug’ qayoshidur (qarindoshidir),
balki
tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli
kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo’lsa Tengri
panohida bo’lsin – izzat va sharaf oromgohida.
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo’q, // Futuvvat – barcha
qilmoqdur, demak yo’q. Shoir nazdida
muruvvat odamgarchilik
yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o’zida bor
narsalarni
muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay kiydirishdir.
Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko’rsatish, ammo evaziga hech
narsa talab va ta’ma qilmaslikdir
Do'stlaringiz bilan baham: