Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. – davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; – davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; – ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; – ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab- quvvatlashga; – sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini o’zlashtiradi, yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standart-lari hamda o’quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: – maktabgacha ta’lim; – umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim; – kasb-hunar ta’limi; – oliy ta’lim; Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling