Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb- hunar kollejlarida amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart- sharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi. O’quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta’lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo’yildi: o’quvchilar tomonidan kasb-hunar ko’nikmalarining o’zlashtirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o’rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish; kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari, mahalliy va xorijiy ilg’or tajribani o’rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish; kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash; o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug’ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo’lishlarini ta’minlash; Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling