Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi – o‘quvchilarga kasbiy
bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish shakli. mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo’yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash. Akademik litsey – o’rta maxsus o’quv yurti. Akademik litsey o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko’rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish ko’rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo’yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo’lmoqda. Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14 martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2829-son qarori qabul qilindi. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling