Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Fikrning 
moslashuvchanligi 
maqsadga 
muvofiq 
o’zgaruvchanlikni talab etadi. 
Aqlning barqarorligi insonga vazifalarni fikriy hal etish, 
ularning butun belgilarini хotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu 
sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko’rinadi. 
Fikriy faoliyatning anglanganligi – uning mahsuli sifatida 
so’zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati. 
Aqlning mustaqilligi – yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning 
yangi yo’llarini faol izlashda namoyon bo’ladi. 
Fikrning tejamkorligi – kam vaqt sarflab etarlicha bilimlarni 
egallay olishda aks etadi.


 
1. Dunyoqarash deb nimaga aytiladi? 
2. Dunyoqarashning qanday turlari mavjud? 
3. Ilmiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa turlaridan qaysi 
jihatlari bilan farq qiladi? 
4. E’tiqodning shakllanishi qanday bosqichlarda amalga 
oshadi? 
5. O’quvchilarda 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirish 
vositalariga nimalar kiradi? 
6. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang. 
7. Fikrlash va uning turlarini tahlil eting. 
3.5. FUQAROLIK TARBIYASI 
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda 
muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – 
insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va 
aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy 
etukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-
huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu 
davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi 
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil 
etadi: 
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega 
bo’lgan aхloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib 
borish. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling