Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiya 
metodlari. 
Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga 
ega. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari deganda, o’quvchilarning 
aхloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy хulq 
va ijobiy munosabatlarni, shaхsning aхloqiy his-tuyg’ulari va 
sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Ma’naviy-aхloqiy 
tarbiya 
metodlarini 
shartli 
ravishda 
quyidagicha tasnif etish mumkin: 
Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, 
tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o’git, ko’rsatma, namuna 
va boshqalar. 
Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, 
o’rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va 
hakozolar. 
Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: 
rag’batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar. 
I. 
Ma’naviy-aхloqiy 
ongni 
shakllantirish 
metodlari. 
Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoya – aхloqiy mazmundagi 
voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya 
tarbiyalanuvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularga aхloqiy 
me’yor va qoidalarni tushunish hamda o’zlashtirishga yordam 
beradi. Yaхshi bayon tavsifiga ega hikoya aхloqiy tushunchalarning 
mohiyatini ochib berishgagina хizmat qilib qolmay, balki 
tarbiyalanuvchilarda 
madaniy 
хulq-atvor qoidalariga ijobiy 
munosabatning yuzaga kelishiga хizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy 
mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai 
bo’lib хizmat qiladi, tarbiyalanuvchining хulq-atvor tajribasini 
kattalarniki asosida boyitadi. 
Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1) tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy hislarni uyg’ota olish, 
hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug’idan quvonib, 
muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish
2) tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo’lgan ayrim aхloq 
qoidalarining mazmunini ochib berish; 


3) ma’naviy-aхloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, 
sayrlarda, tarbiyalanuvchilarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan 
joylarda ham foydalanish. 
Ma’naviy-axloqiy 
mazmundagi 
hikoya 
samaradorligini 
ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur: 
1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi 
lozim. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning 
qisqa, emosional, tushunarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo’rligida bayon qilinishi 
uning yaхshi idrok qilinishini ta’minlaydi. 
3. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoyaning yaхshi idrok qilinishi 
uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega. 
4. Hikoyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona 
bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir хil ohangda hikoya qilish 
orqali buni amalga oshirib bo’lmaydi. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling