Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. 
Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning 
to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat 
bo’lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi 
fanlardan o’quvchilarning o’zlashtirishini hisobga olishda keng 
foydalaniladi. Bu usul yordamida o’quvchilarning olgan bilimlarini 
amaliyotda qo’llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifalarini tekshirish. O’quvchilarning o’zlashtirishini 
nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini 
tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish 
o’qituvchiga o’quvchilarning o’quv ishiga bo’lgan munosabatini, 
o’rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
O’quvchilarning 
bilim, 
ko’nikma, 
malakalari 
va 
kompetensiyalarini baholash mezonlari. O’quvchilarning bilim, 
ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab 
mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha 
yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish 
mumkinki, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga
shuningdek, 
sinf 
(guruh)dagi 
o’quvchilarning 
o’zlashtirish 
darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish 
mumkin: 
«5» baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi dasturdagi materialni 
to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha 
asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda 
erkin qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma 
ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera 
olsa. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling