Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Bolalar adabiyoti Mavzu: Bolalar adabiyoti maqsad va vazifalari, bolalar kitobxonligi. Bolalar adabiyoti, bolalar folklorining mumtoz adabiyoti namunalari bilan bog’liqligi


O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi


Download 295.2 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi295.2 Kb.
#1528088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bolalar adabiyoti

O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag`ishlangan asarlar ham paydo bo`ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani emas. Negaki, bunday asarlarning aksariyati didaktik xarakterda bo`lib, ularda kattalarning hayot va tarbiya haqidagi mulohazalari berilgan. Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida emas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi.
  • Masalan: S.Ayniyning «Esdaliklar” memuar asari, Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O`tmishdan ertaklar” asarlari bolalar adabiyotining namunalari sanaladi. Aslida bu asarlarning qahramonlari bolalar ( Sadriddin, Mussa, Abdulla ) bo`lsalar-da, voqelik kattalar didi bilan idrok qilingan. Demak, bolalik muammolari kattalargagina xos badiiy tafakkur sintezidan o`tkazilib o`sha davrga munosabat bildirilgan. Bunday asarlar bolalar yosh xususiyatiga dunyoqarashi bolalar tili gapirish manerasiga xos belgilarga rioya qilinmagan. Keyinchalik bolalar uchun alohida adabiyot yaratish ehtiyoji paydo bo`ldi.
  • O`zbek bolalar adabiyoti uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish harakatlari XX asr boshlarida bolandi. Bu haraktning boshlovchilari Hamza, Ayniy, Avloniy, Azjiy kabilar bolalarni ma`rifatga chorlovchi yangi usuldagi maktablar ochdilar va darsliklar yaratdilar. Albatta bu darsliklar bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq bo`lishiga alohida e`tibor berdilar.
    • Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab yoqimli ona allasini eshitadi. Alla bola ongiga ona suti bilan kiradi. Bola ulg`ayib borgan sari, qo`shiqlar ohangi ham o`zgarib boradi. Ruhshunoslar fikriga qaraganda bolalarni ona qornida tarbiyalamoq lozim deb uqtiradilar. Ular dunyoga kelgan kunidan boshlab tarbiyalash yaxshi natijalar beradi.Buning uchun bolalarning yosh xususiyatiga qarab guruhlarga ajratamiz:
    • Ilk yoshdagi birinchi bolalar guruhi (bir yoshgacha bo`lgan bolalar)
    • Ilk yoshdagi ikkinchi bolalar guruh (1 yoshdan 2 yoshgacha)
    • A). 1 yoshdan 1,5 yoshgacha. B). 1,5 yoshdan 2 yoshgacha
    • 3. Kichik yoshdagi bolalar guruhi
    • A) birinchi kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
    • B). ikkinchi kichik guruh (3 yoshdan 4 yoshgacha) .
    • 4. O`rta yoshdagi guruh (4 yoshdan 5 yoshgacha)
    • 5. Katta guruh. (5 yoshdan 6 yoshgacha).
    • 6. Maktabgacha tayyorlov guruhi (6-7 yoshgacha)
    • Har bir guruhga mansub bolalar uchun so`zlab beradigan materiallar bir-biridan farq qilishi lozim. Chunki har bir yosh davrida bola o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi. 1 yoshgacha bo`lgan bolalarga qo`shiqlar, allalar, ovunmachoq, erkalamalar tavsiya etiladi.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling