Adabiyot o'qitish metodikasi fanidan 1-labaratoriya ishi 13-variant O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari xususida 1-topshiriq


Download 25 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi25 Kb.
#233957
Bog'liq
Adabiyot o'qitish met.labaratoriya 1


Adabiyot o'qitish metodikasi

fanidan 1-labaratoriya ishi

13-variant

O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari xususida

1-topshiriq.O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari matni bilan tarnishing.

2-topshiriq.Ko'rsatmali materiallar asar mazmuni yoritishi xususida mulohaza bildiring.

3-topshiriq."Oq oydin kechalar" hikoyasi mazmunini yoritishga oid audiomaterial tayyorlang.

Dunyoning ishlari" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.

Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.

Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"

Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".



Oq oydin kechalar hikoyasi

Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom boʻlardi. Erta bahorda qiygʻos gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: “Bodom yolgʻiz boʻlgani uchun meva qilmaydi”, deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koʻloblatib suv separ, kunboʻyi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qoʻshilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit boʻlib qolar edi.

Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan toʻlgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi:

Oymomaxon xulla,

Qanotlari tilla.

Subhonallo sizga,

Umr bersin bizga…

Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qoʻshiqni yana bir eshitgisi kelgandek, muallaq toʻxtab qolar, yulduzlar oʻychan koʻzlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi.

Toshlar orasiga kirib gʻoyib boʻlgan baxtsiz qizcha yigʻlab-yigʻlab qoʻshiq aytardi:

Ochil-ochil, oq toshlar-a,

Men onamni koʻrayin-a,

Diydoriga toʻyayin-a.

– Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang, oyi, Yetti ogʻayni orasidagi eng yorugʻ yulduz – meniki…

– Mayli, oʻgʻlim. Oʻsha yulduz seniki. Anovi toʻrtinchisi – meniki.

– Nega, oyi, toʻrtinchisi eng kichkina yulduz-ku!

– Shuning uchun ham meniki… Toʻrtinchi yulduz – yetimcha yulduz. Koʻrdingmi, yaxshi oʻsmay qolgan. Yetimlarga rahm qilish kerak.

Yulduzlar sirli koʻz qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli moʻralar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga toʻla edi.

Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz toʻsatdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib gʻoyib boʻlardi. Onam choʻchib tushardi:

– Esiz… Bir bechoraning joni uzildi-ya…

Yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin!



…Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol oʻsha oq, oydin kechalarda onam ilk bor qoʻlimga qalam tutqazgan-dir.

Yulduz toʻla osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning soʻngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling