35-son umumiy o’rta ta’lim maktabida xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab 9- sinf qizlari ishtirokida “Qizlar davrasi” mavzusida o’tkazilgan tadbir ssenariysi
Download 50.5 Kb.
|
Кизлар давраси14920135781492790477
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
- Bahor” qo’shig’i yangrab qizlar davraga chiqishadi. 1-boshlovchi
- 1-boshlovchi: IV –shart “Sahna ko’rinishi”
- 9 “A” sinf o’quvchisi Ozodova Dinora. 1-boshlovchi: 9 “D” sinf o’quvchisi Madrahimova Shoxsanam. 2-boshlovchi
- 9 “B” sinf o’quvchisi Qadamboyeva Shaxnoza. 1-boshlovchi: 9 “A” sinf o’quvchisi Ibragimova Barno. 2-boshlovchi
35-son umumiy o’rta ta’lim maktabida xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab 9- sinf qizlari ishtirokida “Qizlar davrasi” mavzusida o’tkazilgan tadbir SSENARIYSI. 1-boshlovchi: . Yana bahor keldi, yana olamda, Ajib bir go’zallik, ajib bir bayot. Men seni qutlayman, shu ulug’ damda, Ulug’ yelkadoshim, Muzaffar hayot!
Toshbeh axtarmangiz, ushbu g’azaldan, Naq joyda, nasiya ne kerak asli? Ayon bir hislating bordir azaldan, Seni atamishlar uyg’onish fasli!
Qizg’qaldoq bargidek uchar dildan g’am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim. Bahoring muborak bo’lsin ushbu dam, Mening O’zbekiston- dilbar Vatanim!
Faqat sen qalbimga cho’ktirmay malol, Charchagan ruhimga ilxom solursan. Bahor ham, umr ham o’tar extimol, Faqat sen dunyoda mangu qolursan.
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, hurmatli ustozlar, muhtarama onaxonlar! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz do’stlar, dilbar singiljonlar! 1-boshlovchi: O’lkamizga ajib bir nazokat, o’zgacha bir tarovat ila bahor kirib keldi. Bahor bayramlarga boy fasl. 8-mart onajonlarimiz, lobar qizlarimiz bayrami, shunday ekan barcha xotin-qizlarimizni bu ulug’ ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz. 2-boshlovchi: Tinch farovon Vatanimizga bayramlar yarashadi. Barcha xotin-qizlarimizni, onajonlarimizni bayram bilan yana bir bora muborakbod qilamiz! Bayram muborak! 1-boshlovchi: O’zbek qizi do’ppi kiysa yarashar, Hamma unga havas bilan qarashar. Barcha unga chin saodat ulashar, Qarang qanday go’zal o’zbek qizlari.
Ularda bor o’tmish olam yog’dusi, Oilaning ular faxri, nomusi. Yigitlardan baland erur tuyg’usi, Qarang qanday go’zal o’zbek qizlari. “Bahor” qo’shig’i yangrab qizlar davraga chiqishadi. 1-boshlovchi: Hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb bejizga nomlamadilar. Bu sharafli mas’uliyatni ayollarimiz ko’proq o’z zimmasiga olishadi. Ham jismonan, ham ruhan sog’lom insonlargina ona yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, yurtimiz kelajagi yo’lida jon fido qilishadi. 2-boshlovchi: Bir qo’lda beshik, bir qo’lda bolasi, Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi. Hech qachon uzulmasdi mehr tolasi, Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Sevganlar qo’lga gullarin tutgan. Ne-ne daholar ham yetolmay o’tgan, Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi. 1-boshlovchi: Endi men mamnuniyat bilan kechamizni ochib berish uchun so’zni maktabimiz direktori Saodatjon opa Karimovaga beraman. Marhamat. 2-boshlovchi: Sahnamizning gullari, Elga mos ko’ngillari. Bog’imiz bulbullari, Chamanda ra’no qizlar, Oydin yo’l barno qizlar. 1-boshlovchi: Siz davraga chiqqanda, Dillar jo’shar jon tanda. Uning, o’sing Vatanda, Chamanda ra’no qizlar. Oydin yo’l barno qizlar 2-boshlovchi: Sahnamizning gullari, Elga mos ko’ngillari. Bog’imiz bulbullari, Maktabimiz qizlari.
Siz davraga chiqqanda, Dillar jo’shar, jon tanda. Uning, o’sing Vatanda, Maktabimiz qizlari. Barcha xotin-qizlarimizni yana bir bora ayyom bilan muborakbod etar ekanmiz.Endi sizlarni zukko va chevar, pazanda-yu bilag’on, har ishda tez va chaqqon qizlarimizni shartlarimiz bilan tanishtiramiz. 2-boshlovchi: Qizlarimiz bugun quyidagi shartlar bo’yicha o’zlarining bilim va zukkoliklarini sinab ko’radilar. I-shart “Tanishtiruv”. Qizlarimiz o’zlarini she’riy yo’l bilan tanishtiradilar. II-shart “Baxru-bayt” bunda qizlarimizning hotirasi va so’zga chechanligi sinovdan o’tadi. III-shart “Chuchvara tugush” bunda qizlarimizning uy ishlarida chaqqonligi sinovdan o’tadi.
Mana qizlarimiz bilan tanishib oldik. Endi qizlarimizni shartlar bo’yicha baholash uchun hakamlar hay’ati tashrif buyurgan. Ular bilan tanishtirib o’tamiz. _____________________________ _____________________________ _____________________________ _____________________________ Endi navbat I-shartga.
Salqin saharlarda bodom gulida Binafsha labida, yerlarda bahor Qushlarning parvozi,yellarning nozi Baxmal vodiylarda qirlarda bahor
Adirlar yashnadi, qirlar yashnadi, Gul bosgan qadrdon yo’llarda bahor. Orzuday gullagan boychechak bo’yli, Nuravshon va nurli dillarda bahor. Tanishtiruv sharti bo’yicha hakamlarning qo’ygan ballarini ko’rib o’tamiz. 1-boshlovchi: Siz baxru-bayt nima ekanligini bilasizmi? 2- boshlovchi: Albatta buni bilmaslikning iloji yo’kku. Ahir hamma insonning ko’ngliga yo’l osongina she’riyat bilan topilishi osonku. 1-boshlovchi: Ha menimcha endi shart baxru-bayt bo’lsa kerak. 2- boshlovchi: Endi navbatni 2 chi shart “Bahru-Baytga “ bersak . O’zingizga ma’lumki bu shaartda 4 qator she’r aytiladi va sherning ohirgi so’zidagi ohirgi harf bilan navbatdagi qizimiz o’z sherini boshlaydi . Davom qildira olmagan ishtirokchi qizimiz sahnani tark qiladi . 1-boshlovchi: Mana azizlar 2 chi shartimizham o’z nihoyasiga yetdi Ushbu shartni baholagunlaricha musiyqiy tanaffus e’lon qilsakda 5 “A” sinf o’quvchilarini davraga taklif qilsak.
Mana, o’lkamizga bahor keldi. Ushbu faslda tabiat uyg’onadi, atrof go’zallikka burkanadi, ammo... 1-boshlovchi: Ammo bu davrga kelib biz iste’mol qiladigan meva-sabzavotlar o’zlarining tarkibidagi vitaminlarini ancha yo’qotadi. 2-boshlovchi: shu sabab biz ko’proq vitaminga boy ovqatlar tanovul qilishimiz kerak shunday emasmi? 1-boshlovchi: mana hozir qatnashchilarimiz bizga 3-shartimizda chiroyli vitaminlarga boy chuchvara tugush shartini bajaradilar. Bu sharda hakamlarimiz qizlarimizni qanchalik gigena qoidalariga rioya qilishiga orastaligi va chuchvaralarni chiroyligiga baho berishlari kerak. Marhamat 2-boshlovchi: shartimiz tugagunga qadar maktabimizning 9 “B” sinf o’quvchisi G’oipov Jahongirdan qo’shiq tinglaymiz. 1-boshlovchi: Mana bir-biridan chiroyli tugulgan chuchvaralar ham tayyor bo’ldi. Hurmatli hay’at a’zolari ko’rib ularga o’z ballaringizni qo’ysangiz
Ungacha aziz tomoshabinlar uchun maktabimizning o’quvchilari o’zlarining chiqishlarini namoyish qiladilar. 1-boshlovchi: Marhamat tinglab tomosha qiling. (QVZ namoyish qilinadi). 2-boshlovchi: 4-shartimiz “Sahna ko’rinishi” bunda qizlarimiz o’zlarining aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishadi. 1-boshlovchi: Bu shart 5-7 daqiqa davomida mavzu to’liq ochib berilishi kerak. Marhamat tomosha qiling. Shartimizni baholash uchun so’z hakamlar hay’atiga.
Navbatni 5-shartimizga beramiz. 5-shartimiz erkin mavzu bo’lib, bunda qizlarimiz tayyorlab kelgan ijodiy ishlarini tamosha qilamiz. 1-boshlovchi: 5-shartni baholash uchun hay’at a’zolariga yuzlanamiz. Marhamat. 2-boshlovchi: Siz har qanday savolga to’g’ridan –to’g’ri javob bera olasizmi? 1-boshlovchi: Yo’q tayyorgarlik ko’rmaguncha javob berishim biroz qiyin bo’ladi. 2-boshlovchi: Ha chindan ham qiyin. Ammo bugun qizlarimiz tayyorgarlkiksiz savollarimizga javob berishadi. 1-boshlovchi: Qizlarimizga bu shartda omad tilaymiz. Ular quyidagi sharlardan birini tanlab ichidagi savollarga javob berishadi. 2-boshlovchi: Unda yana bir bor ularni sahnaga chorlab qolamiz. Hammaga omad tilaymiz. 1-boshlovchi: Mana qizlarjon siz uchun atalgan shatlarimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. VI-shart bo’yicha ballarni e’lon qilish uchun navbatni hakamlarga beramiz. 2-boshlovchi: Har bir ibtidoning intihosi bo’lganiday mana kechamiz ham o’z nihoyasiga yetmoqda Endi umumiy ballarini e’lon qilish uchun so’z hakamlar hay’atiga
Endi tadbirimizni yakunlash va qizlarimizni taqdirlash uchun so’z maktabimiz direktori S.Karimovaga 2-boshlovchi: Aziz ayollar go’zal qizlar onaxonlar opa-singillar sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan tabriklaymiz, tadbirimizga tashrif buyurganingiz uchun o’z minnatdorchligimizni bildiramiz. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling