Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog‟liq”


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#216408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog‟liq”. 

 

                                                   I.A.Karimov. 

 

O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta'lim 

tizimi-ga alohida e'tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida O‗zbekiston 

Respublikasining  

ta'lim to‗g‗risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini qabul qilinishi, 

ta'lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish

milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari 

joriy etish sohasidagi qabul qilingan qonun va qarorlarni keltirishimiz mumkin. 

Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng 

qo‗llanilayotgani, o‗quvchilarga berilishi lozim bo‗lgan bilimlar ko‗lamining tobora 

oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‗yicha milliy va maxalliy 

sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini 




 

beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab 



qiladi. Shularni   e'tiborga   olgan   holda    O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim    

to‗g‗risida»gi    qonunida    ta'limni    yanada  takomillashtirish maqsadida Respublika 

hududida ta'limni umumiy o‗rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar 

kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‗yilgan  bo‗lsa,  «Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi»da milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg‗or 

yutuqlarini e'tiborga olib, oliy o‗quv yurtlarida har tomonlama shakllangan va yetuk 

mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‗nalishlari belgilab berilgan. O‗zbekiston 

Respublikasi yangi islohatlarni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimini 

shakllantirishga katta ahamiyat bermoqda. Kelajagi buyuk davlatni    qurish    -   

tafakkuri,    dunyoqarashi    takomillashgan,    yangicha fikrlaydigan kadrlarga ko‗p 

jixatdan bog‗liq. Ta'lim tizimi tamomila yangi mazmun kasb etayotgan ayni vaqtda 

informatika, axborot texnologiyalari va umumiqtisodiy fanlarni aloqadorlikda o‗qitish 

ishlarini qayta taxlildan o‗tkazish, ta'lim bosqichlari bo‗yicha uning uzviyligi va 

uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qilish hozirgi kunning dolzarb 

vazifalaridan biridir. 

          Mamlakatimiz jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‗lib qolishi va 

bu o‗rinda ma'naviyat, ma'rifat va mafkurani zug‗umlardan ozod qilish, erkin fikrga, 

milliy tafakkurga keng yo‗l ochilishi lozimligini ta'kidlab birinchi prezidentimiz 

I.A.Karimov  shunday degan edilar. «...taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk 

odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab  texnologiyani egallash qobiliyati 

ma'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak.Aqliy zakovat 

va ruhiy ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki qanotidir». 

           Aynan shu darajaga erishish va davr bilan hamohang qadam qo‗yish maqsadida 

Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Bu 

dasturda ta'lim jarayoniga o‗quv-uslubiy majmualar hamda didaktik va axborot 

texnologiyalarini joriy etish muammosi qo‗yilgan, shuningdek, uzluksiz ta'lim 

tizimining barcha bosqichlari uchun uning yangicha tizimi va mazmunini 

shakllantirish maqsadida ta'lim berishning ilg‗or pedagogik texnologiyalarini yaratish 




 

asosiy vazifalar qatorida keltirilgan. Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kun 



talablariga javob beradigan pedagoglar zamon bilan hamnafas bo‗lishi zarur.  Fan va  

texnika taraqqiy etayotgan ayni vaqtda informatika, axborot – kommunkatsiya 

texnologiyalari, internet tizimidan foydalanishni yosh avlodga o‗rgatishni maqsad 

qilgan pedagog mutaxassislardan tinimsiz izlanishni talab etadi. 

       Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek «…har kuni, har soatda fidoiy bo‗lish, 

o‗zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay 

tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga 

aylantirish – haqiqiy qahramonlik aslida mana shu.» 

      2020-yil mamlakatimizda Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 

yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda 

avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi 

bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz  yoʻnalishlaridan kelib 

chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini 

rivojlantirish tanlab olindi. 

Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoyev Oʻzbekistonning matematika fani boʻyicha 

salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial 

tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli 

maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim 

Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi ekanini alohida taʼkidladi. 

Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik 

shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar 

amalga oshirilmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika taʼlimi va 

fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi 

Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun 

zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 31-yanvar yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot 

muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvda 

matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash, raqamli iqtisodiyot 

uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. 




 

Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya 



qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga 

qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi. Bolalar uchun 

mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va oʻquv 

qoʻllanmalari yaratish, matematik ongni, kerak boʻlsa, bogʻchadan boshlab 

shakllantirish vazifasi qoʻyildi. 

Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Abu Rayhon 

Beruniy kabi ulug‗ bobolarimiz qo‗ygan. Bu bizning qonimizda bor. Lekin oxirgi 

yigirma yilda matematikadan bilim darajasi pasayib ketdi. Buning oqibati hozir 

ko‗pdan-ko‗p sohalarda sezilyapti. Bugun bu fanni rivojlantirishdan 

maqsadimiz — matematika bo‗yicha raqobat muhitini yaratish, sanoat, 

muhandislik yo‗nalishlari bo‗yicha yetuk kadrlar tayyorlash‖, — dedi prezident.

  

              



Biz matematikani, anig‘rog‘i geometriyani o‘qitish jarayonida geometrik 

tushuncha, qonuniyat, faktlar va formulalarni o‘zoro aloqadorligini hammda bir 

fikrdan ikkinchi fikrni, bir formuladan ikkinchi formulani keltirib chiqarishni 

alohida pedagogik zaruriyat sifatida qaraymiz. O‘quvchilarning geometrik 

tafakkurini rivojlantiruvchi nazariy bilimlarni yaratish maqsadida geometrik 

obektlar ustida hisoblash, isbotlash, yasashlarni, o‘qitishni takomillashtirishda 

ta‘lim tamoillaridan yuqori saviyadan foydalanishni bilishlari kerak.

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling