O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 51.92 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2023
Hajmi51.92 Kb.
#1660062
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
SIRTQI BO‘LIM
“” FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Topshirdi:


Qabul qildi: D.Najmiddinov
Jizzax 2023


Mavzu: O‘rta asrlar va uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalar
Reja:
1. O‘rta asrlar va uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalarning mohiyati.
2. Abu Nasr Farobiy qarashlari.
3. Uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalar.


1. O‘rta asrlar va uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalarning mohiyati.
Qadimgi dunyoda vujudga kelgan siyosiy fikr o‘zgarmasdan, bir joyda to‘xtab qolgani yo‘q. Insoniyatning tarixiy davri, uning talab va ehtiyojlari o‘zgarishi va o‘sishi bilan u ham o‘zgarib va rivojlanib bordi. Qadimgi dunyoning siyosiy g‘oyalari, ular qanchalik muhim bo‘lmasin, o‘rta asrlarga kelib zamon talab - ehtiyojlarini qondira olmadi. Bu g‘oyalar siyosiy kuchlarni safarbar etib, ijtimoiy adolat va ijtimoiy tartibni ta’minlay olmadi. Parokandalik, tarafkashlik, urush-janjallar - davlatning falsafiy-axloqiy modellarini qadrsizlantirdi.
O‘rta asrlarda davlatning yangi, diniy-axloqiy turdagi modellarini asoslab beradigan g‘oyalarga katta ehtiyoj sezildi. Bunday g‘oyalar o‘rta asrlar G‘arb va Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topdi.
O‘rta asrlar G‘arb siyosiy fikrining yorqin namoyandalaridan biri - Avreliy Avgustin (354 - 430) dir. U o‘zining "Iloh shahri" asarida "iloh shahri" ni "insonlar shahri" ga qarama - qarshi qo‘yadi. Negaki, insonlar bir-birining ustidan hukmronlik qilish, biri ikkinchisini itoat ettirish, hukmronlikka intilish ishtiyoqida davlat, uning tashkilotlari, jazo organlarini o‘ylab topganlar. Odamlarni "o‘zlaricha", ya’ni shayton domidagilar va Xudoga intilib yashayotganlarga bo‘ladi. Butun dunyoda cherkov hukmronligini targ‘ib etadi. Hozirgi vaqtda uning qarashlari protestanizm va katolitsizmda keng qo‘llaniladi.
O‘rta asrlar G‘arb siyosiy fikrining vakillaridan yana biri Foma Akvinskiy (1225 - 1274) dir. Uning qarashlari, asosan, "hukmdorlarning boshqaruvi haqida" nomli asarida bayon qilingan. U mazkur asarda cherkov hokimiyatining dunyoviy hokimiyatdan ustunligini, kishilarning ilohiy va abadiy huquqqa, bo‘ysunishlari zarurligini asoslashga intiladi.
Sharqda, xususan, O‘rta Osiyoda siyosiy fikr taraqqiyoti nihoyatda teran ildizlarga ega. Hasan Ato Abushiyning "Turkiy qavmlar tarixi" asarida dalolat berilishicha: "Turkiy qavmlar barcha qavmlardin o‘lmasa-da, ammo, juda ko‘plarindin oldin bu (hukumat va hokimlar) tuzumni his etmishdirlar..., ya’ni eski turkiylarning o‘zlari juda ko‘p xalqlarni muhabbat va itoat ettira olg‘on tadbirli, siyosiy quvvatli hokimlar jumlasidandirlar". O‘rta Osiyo hududlarida ajdodlarimiz to‘rt buyuk imperiya, yuzdan ortiq yirik markazlashgan davlatlar tajribalarini to‘plaganlar ham by fikrni tasdiqlaydi.
Sharq mutafakkirlarining deyarli barchasi siyosat bobida teran fikr yuritganlar. Ular o‘z qarashlarida ko‘proq siyosatning ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy qirralarini yoritganlar. Siyosat-inson, uchun munosib moddiy va ma’naviy sharoitlarni yaratish kontekstida olib qaralgan.

Download 51.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling