Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
Tafakkur –insoniyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida ijodkorlik jarayoni bilan bog‘liq holda hosil qilinib borilgan va erishilgan oliy va aqliy nematdir. Tashqi olamdagi voqelikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muhim ahamiyat kasb etadi, lekin o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular hali yetarli emas. Chunki ularning o‘zaro munosabatlari, sifat va miqdor o‘zgarishlari, murakkab ichki bog‘lanishlari, o‘zaro ta'sir etish hossalarini bevosita kuzatish yoki hissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo‘q. Madomiki shunday ekan, sub'ektning bilish , anglash, lozim bo‘lgan ob'ekt bilan o‘zaro ta'sirini bevosita aks ettirish yo‘li orqali bo‘laklarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli hissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya'ni tafakkurga o‘tish zarurati tug‘iladi. Fikr yuritish yordamida atrof - muhitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va hodisalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro ichki munosabatlar, boglanishlarni aniqlash problematik tarzda namoyon bo‘ladi. Inson oldida problema - muammo vujudga kelmas ekan, u holda tafakkur jarayoni hosil bo‘lishi mumkin emas. Shunday qilib, inson o‘zining bilish faoliyatida voqelikning murakkab jihatlarini hissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur obrazlari bilan tafakkur o‘zaro uzliksiz ravishda bir - birini boyitib turadi. Ana shunga binoan bilish jarayonining hissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir. Tafakkur, sezgi va idrokdan fark qilib, bir nechta xususiyatga egadir. Uning birinchi xususiyati voqeilikni umumlashgan holda aks ettirishdir. Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog‘lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Bu xususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli hodisa va voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 9
tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tafakkurning uchinchi xususiyati so‘z , nutq orqali narsa va hodisalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. Insonnning fikr yuritishi bir va undan ortiq so‘zlar, tushunchalar vositasida ifodalanadi. Shuning uchun odam o‘ylayotganda o‘z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandek tuyiladi. Ergash Goziev o‘zining «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent, «O‘kituvchi» nashriyoti, 1990 yil kitobida tafakkurga quyidagicha ta'rif bergan. «Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvi psixik prosess, sostial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir». Bizningcha, ushbu ta'rifda tafakkurning eng muhim hususityalari va funksiyalari sanab o‘tilgan. Tafakkur shakllariga hukm, tushuncha va xulosa chiqarish kiradi. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb aytiladi. Masalan, bahorda daraxtlar barg yozadi. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga bo‘linadi: Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Yakka, juz'iy va umumiy hukm. Shartli, ayiruvchi va qat'iy hukm. Taxminiy hukm. Narsa bilan belgining aloqasi aks etgan hukm tasdiqlovchi hukm deyiladi. Masalan, Alisher Navoiy buyuk uzbek shoiri, mutafakkiri. Narsa bilan belgi o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qligini ifodalovchi hukm inkor hukm deb ataladi. Masalan, O‘zbekistonda paxta ekilmaydi. Samarkandda oliy maktablar yo‘q kabi. Yakka narsa haqidagi hukm yakka hukm deyiladi. Masalan, Toshkent – O‘zbekistonning poytahti. Agar hukmimiz bir guruh narsalarning ba'zilariga ta‘luqli bo‘lsa uni juz'iy hukm deyiladi. Masalan, bugun ba'zi talabalar darsga kech qoldilar. Bordiyu bizning hukmimiz bir guruh narsalarning barchasiga ta‘luqli bo‘lsa umumiy 10
hukm deyiladi. Masalan, Uzbekiston fuqarolari tinchlik uchun kurashmoqdalar.Xulosa chiqarish deb bir necha hukmlardan alohida hukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan: Barcha sayyoralar harakat qiladi. Yer - sayyora. Demak, Yer ham harakat qiladi. Xulosa chiqarish uch turli bo‘ladi: induktiv, deduktiv va analogik. induktiv xulosa chiqarish deb bir necha yakka hukmlardan umumiy hukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan: Temir elektr to‘kini o‘tkazadi. Mis elektr tokini o‘tkazadi. Ko‘rg‘oshin elektr tokini o‘tkazadi. Bular metallardir. Demak, metallar elektr tokini o‘tkazadi, dеduktiv hulosa chiqarish deb umumiy hukmdan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chikarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar bahorda gullaydi. O‘rik - daraxt. Demak, o‘rik bahorda gullaydi. Analogik xulosa chiqarish deb predmetning o‘xshash belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. U y, ko‘prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret va abstrakt bo‘ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, mel, deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muhabbat, baxt, go‘zallik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat kabilar kiradi.Tushunchalar ko‘lami jihatdan uch turga bulinadi: yakka tushunchalar umumiy tushunchalar
to‘planma tushunchalar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling