Batakenet. Bu o‗quvchining jamoa va individual bo‗lib ishlashga va
fikrlashga o‗rgatadi.
Bumerang. Bu usul bir mashg‗ulot davomida o‗quv materialining
chuqur va yaxlit holatda o‗rganish, ijodiy tushunib etish. Bilimlarni erkin
egallashga yo‗naltirilgan. Bu turli mazmun va xarakterga ega bo‗lgan mavzularni
o‗rganishga mo‗ljallangan bo‗lib, o‗z ichiga og‗zaki va yozma ish shakllarini
qamrab oladi. Mashg‗ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni
bajarishi, navbat bilan o‗quvchi yoki o‗qituvchi rolida chiqishi mumkin. ushbu
texnologiyani qo‗llash natijasida tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi: xotirani, g‗oyalarni, fikrlarni dalillarni yozma va og‗zaki
shakllarda bayon qilish ko‗nikmalarni rivojlantiradi.
Elpig‗ich. Bu texnologiya murakkab, ko‗p tarmoqli, mumkin qadar
muammo xarakteridagi mavzularni o‗rgatishga qaratilgan. Bu usulning mohiyati
shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‗yicha bir yo‗la ma‘lumot
beriladi. ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtai nazardan muxokama etiladi.
Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi, fazilat va kamchiliklari, foyda va
zarari belgilanadi. Bu o‗zaro faol texnologiya tanqidiy, taxliliy, aniq mantiqiy
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‗z g‗oyalari, fikrlarini yozma va
og‗zaki shaklda ixcham bayon etish yoki himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Bu
texnologiya kichik guruxlarning, har bir qatnashuvchilarning faol ishlashiga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |