Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
Kichik guruxlarda ishlash. O‗qituvchi mexnatining murakkabligi har bir
shaxsdagi yoki guruxdagi imkoniyatlarning rivojlanishiga sharoit yarata bilishdir. Eng muhimi, o‗quvchining o‗zini shaxs deb tushunishiga o‗qituvchi yordam berishi zarur, o‗zligini, xayotini. Dunyoni idrok etishga extiyoj uyg‗otishi darkor: unda insoniy g‗urur tuyg‗usini va uning tarkibiy qismi – o‗z xatti-xarakatlari uchun o‗zi, do‗stlari, maktab, jamiyat oldida ma‘suliyat hissini tarbiyalash kerak. O‗quvchilar bilim olish yo‗lidagi mashaqqatli mexnatida muvaffaqiyat qozonishi uchun o‗qituvchi har bir o‗quvchining imkoniyatlariga ishonishi zarur. Bu yo‗ldagi muvaffaqiyatlar o‗qituvchining qat‘iyatiga, toqatiga, o‗z vaqtida yordamga kela bilishiga bog‗liq. O‗quvchilarni 4 guruxga bo‗lib olish kerak. Keyin ularga nom berish kerak. Masalan, atom, molekula, kuch, ish yoki boshqacha nomlanadi. O‗tiladigan mavzudagi muhim so‗zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
O‗qituvchi o‗quvchilarga quyidagi masalani berib, har bir guruxning xulosasini eshitadi. Massasi 2 tonna bo‗lgan samolyot 400 m balandlikda 50 m/s tezlik bilan uchayotgan edi. Samolyot dvigateli o‗chirilgan holda shu balandlikdan pasaya boradi va qo‗nayotganda uning tezligi 30 m/s bo‗ladi. Dvigatel ishlatilmagan tarzda samolyot uchishiga havo qarshilik kuchining bajargan ishi topilsin. Berilganlar: m=2t=2000kg, V 1 =50m/c, V 2 =30m/c, h=400m, A=? Echilishi: a) samolyotning keyingi (ikkinchi) vaziyatdagi potensial energiyasini nolga teng deb hisoblasak, birinchi vaziyatdagi (h balandlikdagi) potensial energiyasi mgh bo‗ladi. SHuning uchun, samolyotning birinchi va ikkinchi vaziyatlardagi mexanik energiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: mhg mv E 2 2 1 1
2 2
2 mv E
b) samolyotning birinchi vaziyatdan ikkinchi vaziyatiga o‗tishda unga og‗irlik kuchidan tashqari havoning qarshilik kuchi ham ta‘sir qiladi. Bu kuchning bajargan ishi to‗la mexanik energiyaning o‗zgarishiga teng, ya‘ni: gh v v m mhg mv mv E E A 2 2 2 2 2 1 2 2 2 1 2 2 1 2 V) formulalarga qo‗yib hisoblashlarni olib boramiz. Ж м с м с м с м кг A 6 2 2 2 3 10 6 , 8 ) 400 / 8 , 9 2 / ) / 50 ( 2 / ) / 30 (( 10 2
Javob: Qarshilik kuchi – 8,6Mj ish bajaradi. Bundagi minus(-) xarakatga qarshilik ko‗rsatadigan kuchlarning ishi manfiy ekanligini ko‗rsatadi. Bundan ko‗rinadiki, bu usul guruxni g‗oyalar beradigan o‗quvchilar va ularni ishlab chiqadigan o‗quvchilarga bo‗lish kabi qoidalarni o‗zida mujassam etadi. SHu bilan bir qatorda guruxlarni o‗zaro faol xarakat qilishga undaydi. O‗qituvchi dars ijodkori, demak, u o‗z yo‗lini izlashi kerak. O‗qituvchi guruxdagi o‗quvchilarga nimani nimaga qiyoslashni o‗rgatishi zarur. Har qanday xodisani shunday o‗rgatish kerakki, o‗quvchilar chin ko‗ngildan, ya‘ni mustaqil xulosalarga, qiyoslarga o‗rgansin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling