Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/65
Sana05.01.2022
Hajmi1.66 Mb.
#232012
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Bog'liq
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi

Debatlar.  O‗qituvchi  sinfni  ikki  guruxga  bo‗lib,  tanqidiy  tafakkurni 

rivorjlantiradi va munozarani avj oldiradi. Bunda o‗quvchilar faollashtiriladi, ayni 

vaqtda  diqqatni  yig‗ib,  chuqur  taxlil  etishni  o‗rganadi.  Masalan,  ―Atmosfera 

bosimi, Torrichelli tajribasi‖ mavzusini o‗tishda quyidagi savol o‗rtaga tashlanadi. 

Erda havo bo‗shlig‗i hosil qilib bo‗ladimi? 

Galileyning  shogirdi  Evanjelista  Torrichelli  atmosfera  bosimini  o‗lchash 

haqidagi rejasini rivojlantiradi va tajribani boshlaydi. Tajriba murakkab emas (buni 

o‗quvchi  darslikni  o‗qib  bemalol  o‗rtoqlariga  gapirib  bera  oladi)  simob  bir  metr 

uzunlikdagi ingichka, bir uchi kavsharlangan shisha nayga quyiladi. Simobga to‗la 

nayning  uchini  barmoq  bilan  berkitib,  barmoqni  olmagan  holda  uni  to‗ntarib 

simobli  jomga  soladi  va  barmoqni  nayning  og‗zidan  olinadi.    Naydagi  simob 

pastga  tushadi,  lekin  oxirigacha  emas.  Simobning  hammasi  o‗z  og‗irligi  bilan 

jomga  quyilib  ketmadi.  Ammo  nayning  berk  tomonida  bo‗sh  fazo  hosil  bo‗ldi. 

Erda kuzatilgan dastlabki bo‗shliq Torrichelli bo‗shlig‗i! 




Torrichelli  tajribasidagi  simob  ustuni  balandligini  o‗lchab,  bu  ustun 

berayotgan bosimni hisoblash mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo‗ladi. 

Atmosfera  bosimi  qanchalik  ko‗p  bo‗lsa,  Torrichelli  tajribasidagi  simob 

ustunining balandligi shuncha yuqori bo‗ladi. Bu tajriba quyidagicha izohlanadi. 

Simob ustuni to‗xtab qolgan balandlik roppa-rosa 76 santimetr edi. 

Kunlarning  birida nay  bilan tajribasini  takrorlayotgan  Torrichelli qandaydir 

chatoqlikni sezadi. Uning oldida xuddi o‗sha jo‗n asboblar: jom, qora qalam bilan 

quyuq  chizilgan  qog‗oz  yopishtirilgan  naycha.  Torrichelli  yana  naychaga  simob 

quyadi  va  tajribani  takrorlaydi.  Ishkallik  nimada?  U  ishkallikni  topdi.  Simob 

og‗irlik  kuchi  har  doim  bir  xil  bo‗lmaydi,  deb  turibdi.  Ajoyib  kashfiyot  –  havo 

og‗irlikka  ega!  Havo  bosimga  ega!  Deb  xabar  bergandek  edi.  Demak,  biz  buni 

―Atmosfera bosimi‖ deb ataymiz. 

Bu mavzuni o‗tish texnologiyasini beramiz: 

1.  Torrichelli tajribasi uchun kerakli asboblar. 

2.  Tajribaning borishi va undan kelib chiqqan ilmiy asoslar. 

3.  Tajribadagi yutuq va kamchiliklar. 

4.  Torrichelli bo‗shlig‗i. 

5.  76 santimetrli simob ustuni. 

6.  Atmosfera bosimini o‗lchaydigan asbob-barometr. 

7.  Atmosfera bosimining ta‘rifi. 

8.  Qanday xodisalar atmosfera bosimining borligini tasdiqlaydi? 

9.  Atmosfera bosimini hisoblash. 

O‗qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardir: 

So‗zlash – ko‗rsatish (tajriba qilish) – vazifa topshirish – raxbarlik – nazorat 

qilish. 

O‗quvchi  faoliyatidagi  asosiy  jarayonlar  quyidagilardan  iborat:  Tinglash  – 

ko‗rish – faollik – mashq bajarish. 


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling