eritmasi, ikkinchisini esa toza suv bilan to‗ldiring. P harfi kurinishidagi shisha nay
olib, uni suvga to‗ldiring va barmoqlaringiz bilan berkitib turib nayni to‗nkaring
hamda uning bir uchini eritmaga, ikkinchi uchini esa toza suvga tushiring.
Diffuziya hodisasi kanday borayotganini har kuni kuzatib boring.
J. Molekulalar avvalgidan zichroq joylashib olgani uchun umumiy xajm
kamaydi.
M.Ikki chaqmoq qand olib, ulardan birini sovuq suvli stakanga, ikkinchisini
esa issiq suvli stakanga soling. Qaysi chaqmoq qand tez erib tamom bo‗ladi va
nima uchun?
J. Qand chaqmoqlari pinset yordamida kichik yoqli tomoni bilan tikkasiga
qo‗yiladi va uning issiq suvda sovuq suvdagiga qaraganda tezroq erib tamom
bo‗lishi kuzatiladi.
M. SHo‗r namakob tayyorlang va kartoshkani yupqa qilib tekis qirqing.
Nima uchun kartoshka namakopda suzib yuradi-yu, lekin yassi tomoni bilan idish
tubiga bosib qo‗yilsa, suv yuziga ko‗tarilmay idish tubida qoladi.
J. YAssi tomonga yuqoriga qarab suvning bosim kuchi ta‘sir qilmaydi va
kartoshka idish tubida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: