Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI 3.1. Fizikadan tajriba-sinov ishlarini o‗tkazishning mazmuni
Suyuqlikning xassalari
Hajmga ega shaklga ega emas Suyuqliklarga xos bo‘lgan xususiyatlar
Nisbattan siquvchansilik
Ichki bosim
ichki ishqalanish
kapilyarlik
Damino
Issiqlik mashinasi
Soat strelkasi aylanishi bo`ylab ro`y beradigan jarayon
Teskari sikl To`g`ri sikl
Yoqilg`ning ichki energiyasini mexanik
energiyaga aylantirib beradigan qurilma
Soat strelkasi aylanishiga teskari yo`nalishda ro`y beradigan jarayon
Karno sikli
Teskari sikl prinsipida ishlaydi
Ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan
tashkil
topgan
Damino Issiqlik mashinasi Soat strelkasi aylanishi bo`ylab ro`y beradigan jarayon
Teskari sikl To`g`ri sikl
Yoqilg`ning ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilma
yo`nalishda ro`y beradigan jarayon
Karno sikli Sovitgichlar
Teskari sikl prinsipida ishlaydi Ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan
tashkil
topgan 3-bob. TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI 3.1. Fizikadan tajriba-sinov ishlarini o‗tkazishning mazmuni Pedagogik tajriba-sinovining maqsadi. Pedagogik tajriba-sinov pedagogik tadqiqotning murakkab va asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik tajriba kuzatish bilan chambarchas bog‗liq, lekin u bilan cheklanmaydi. Pedagogik tajriba fizika o‗qitishda o‗ziga xos jarayon bo‗lib, qaralayotgan sharoitda pedagogik hodisalarni kuzatish imkoniyatini beradi. Pedagogik tajriba-sinovning mazmunini belgilovchi uchta asosiy xususiyati mavjud bo‗lib, bu xususiyatlar bilan pedagogik tajriba-sinov pedagogik tadqiqotning boshqa xususiyatlaridan farq qiladi. Bular quyidagilar: a) o‗qitish jarayoniga tadqiqotning maqsadi va ilgari surilgan g‗oyalariga mos ravishda kerakli o‗zgarishlarni kiritish; b) o‗quv jarayonining turli tomonlarining o‗zaro bog‗lanishini aks ettiruvchi va chuqurroq o‗rganuvchi sharoitlarni hosil qilish; s) o‗quv jarayoni va unga kiritilgan o‗zgarish natijalarini hisobga olish [15]. Pedagogik tajriba-sinovning maqsadi
o‗quv-tarbiya jarayonida qo‗llanilayotgan vosita va metodlarni, u yoki bu o‗quv materialining berilgan hajmini ko‗rsatilgan vaqtda o‗rganish imkoniyatlarini effektivligini hal etishdan iboratdir. Bu o‗qitilganlarning barchasi fizika didaktikasi sohasidagi tajribalarga mos keladi. U fizika o‗qitishning alohida turini (masalan, amaliy mashg‗ulot jarayonini, darsdagi muammolarini hal etilishining turli usullarini taklif etishi va h.k), pedagogik amallarni (fizik tushunchalarni shakllantirish, o‗quvchilar bilimini nazorat qilishni), fizika o‗qitish jarayonining yaxliligini qamrab oladi [16]. Pedagogik tajriba-sinovning keng tarqalgan shakli – nazorat va tajriba guruhlarida o‗tkaziladigan o‗qitish natijalarini taqqoslashdan iboratdir. Bu holda guruhlarning bittasida o‗qitish jarayonida tajriba o‗tkaziladi, ikkinchisida esa bu ish amalga oshirilamaydi. Pedagogik tajriba-sinov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Sinf yoki guruhlarni tanlash va ulardagi o‗quvchilar sonini tenglashtirish. 2. Bu guruhlardagi o‗quvchilarda mavjud bilimlarni, amaliy ko‗nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlash. 3. Ishlab chiqilgan metodika bo‗yicha tajriba guruhida, an‘anaviy metodika bo‗yicha nazorat guruhida dars o‗tish. 4. Ikkala guruh o‗quvchilarida ham bilimlar, amaliy ko‗nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlash. 5. Bilimlar, amaliy ko‗nikma va malakalarning o‗sish darajasini baholash. 6. Ikkala guruhlarning tajriba natijalarini taqqoslash, ishlab chiqilgan metodikaning afzalliklarini ko‗rsatish, natijalarni tahlil qilish. 7. Ishlab chiqilgan metodikaning kamchiliklarini tuzatish va uni
takomillashtirib, tajriba guruhida qaytadan tajriba o‗tkazish va uning natijalarini tahlil qilish [17]. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling