Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/65
Sana05.01.2022
Hajmi1.66 Mb.
#232012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi

Fikrlay  olasanmi?  Bunda  o‗quvchilarning  fikrlash  qobiliyatini 

o‗stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o‗yin o‗tkaziladi. 

 

Skarabey.  O‗zaro  faol  usul  bo‗lib,  u  o‗quvchilarda  fikriy  bog‗liqlik, 

mantiq,  xotiraning  rivojlanishiga  imkoniyat  yaratadi,  qandaydir  muammoni  hal 

qilishga, o‗z fikrini ochiq va erkin ifodalangan mahoratini shakllantiradi. 

 

Torozi.  Bu  munozarali,  murakkab  mazmunli  mavzularni  o‗rganishda 

qo‗l  keladi.  U  tanqidiy  tafakkur,  mantiq,  ijodiy  izlanish,  fikran  tajribalarni 

rivojlantirishga  yo‗naltirilgan.  Bu  texnologiya  dalillash  qobiliyatini  rivojlantirish, 

o‗z  dalillarini  yozma  va  og‗zaki  shaklda  ishonchli  va  lo‗nda  ifodalashni 

shakllantiradi,  o‗z  nuqtai  nazarini  himoya  qiladi,  muxoliflarni  ishontiradi, 

munozara  madaniyatiga  o‗rgatadi.  Bu  texnologiyani  o‗quv  materialini 

o‗ragnishning turli bosqichlarida qo‗llanishi mumkin. Ammo u o‗tilgan materiallar 

bo‗yicha  xulosa  qilish  bosqichida  yuqori  samara  va  natijaberadi,  chunki 

o‗qiyotganlarning  yuqori darajada xabardorliklarini  va  o‗rganilgan  materiallardan 

erkin  foydlanishni  nazarda  tutadi.  Bu  texnologiya  kichik  guruxlarda  va  jamoalar 

orasida tadbiq etilishi mumkin. 

YUqorida  nomlari  yozilgan  innovatsion  usullarning  fizika  mavzularida 

qo‗llashni ko‗rib chiqamiz. 

Modellashtirish  usuli  –  o‗qituvchi  bayon  qilayotgan  xodisa  va  voqealarni 

o‗quvchi parallel holatda idrok etib, o‗z daftarida chizayotgan model orqali yangi 

mavzuni    mustaxkamlaydi.  Masalan,  VI  sinfdagi  ―Ichki  yonuv  dvigateli.  Bug‗ 

trubinasi‖  mavzusini  misol  qilib  ko‗rsatish  mukin.  Bu  mavzuni  o‗tishdan  oldin 

o‗qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini  sinfga olib kiradi va tushuntiradi. 




Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 

1. 


Qanday  dvigatel  ichki  yonuv  dvigateli  deyiladi?  YOnilg‗i 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri  dvigatelning  ichida,  uning  silindrida  yonayotgani 

uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi.  

2. 


Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‗ladi? 

Dvigatel  silindrdan  iborat  bo‗lib,  uning  ichida  porshen  yuradi,  porshen 

tirsakli  valga  shatun  yordamida  biriktirilgan.  Valning  tekis  aylanishi  uchun  valga 

salmoqli  g‗ildirak  (maxovik)  o‗rnatilgan.  Silindrning  yuqoridagi  qismida  ikkita 

klapan bo‗lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda 

ochilib, yopilib turadi. YOnuvchi  aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, 

svecha  yordamida  alanga  oladi.  YOnganda  hosil    bo‗lgan  gazlar  ikkinchi  klapan 

orqali  chiqarib  yuboriladi.  Bularning  hammasi  model  orqali  ko‗rsatib  boriladi. 

SHunday  qilib,  dvigatelning  asosiy  qismlari:  silindr,  porshen,  tirsakli  shatun,  val, 

salmoqli g‗ildirak, klapanlar, svechalar. 

Bug‗  trubinasining  modeli  ham  shu  asosda  modelga  qarab  tushuntiriladi, 

ya‘ni  oldin  savollar  beriladi.  So‗ng  shu  savollar  asosida  javob  berib  boriladi. 

Savollar quyidagilardan iborat: 

1.  Bug‗  turbinalari  deb  qanday  issiqlik  dvigateliga  aytiladi?  Bug‗  yoki 

yuqori  haroratgacha  qizdirilgan  gaz  dvigatelning  valini  porshen,  shatun 

va tirsakli val yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi. 

2.  Eng sodda bug‗ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? 

Valga  disk  o‗rnatilgan  bo‗lib,  uning  to‗g‗iniga  kuraklar  maxkamlangan. 

Kuraklar  yaqiniga  kengayib  boradigan  trubalar-soplolar  joylashtirilgan. 

Demak,  sodda  bug‗  turbinalarning  asosiy  qismlari:  vl,  disk,  kuraklar  va 

soplolardir. 

3.  Bug‗  turbinasi  qanday  ishlaydi?  Soplolarga  qozondan  bug‗  keladi. 

Soplolardan otilib chiqayotgan bug‗ oqimi kuraklarga ancha katta bosim 

beradi va turbinaning diskini tez aylantirib beradi.  

4.  Bug‗  turbinalari  qaerlarda  ishlatiladi?    Ular  issiqlik  elektr  stansiyalarida 

va kemalarda hamda teplovozlarda ishlatiladi.  




5.  Bug‗  o‗rnida  boshqa  maxsulot  ishlatish  mumkinmi?  Ha,  bug‗  o‗rnida 

gazning  yonish  maxsulotidan  foydalaniladigan gaz turbinalari  asta-sekin 

tobora keng ko‗lamda qo‗llanilmoqda.  

Bu  usul  o‗quvchilarda  o‗zlashtirishning  shaxsiy  qiziqishlari,  qobiliyati, 

moyilligi borligini hisobga olib, usullarning rang-barang turlarini o‗quv jarayoniga 

kiritish, o‗quvchilarda ijod kurtaklari nish urayotganini aytib rag‗batlantirib turish 

lozim. Bu usulning shu tariqa rang-barangligi, o‗z kuchlarini har tomonlama sinab 

ko‗rishga  har  bir  o‗quvchining  shaxsiy  qobiliyatini  kamol  toptirish  uchun 

sharoitlar  bilan  ta‘minlash,  ular  uchun  o‗quv  jarayonining  yana  ham  qiziqarliroq 

bo‗lishi uchun imkon qidirish lozim bo‗ladi. 

Namoyish  qilish.  (Demonstratsiya)  usuli.  Demonstratsiya  –  lotincha  so‗z 

bo‗lib, ko‗rsataman, isbotlayman degan ma‘nolarni bildiradi. 

Bu  usul  o‗quvchilarni  bilimga  qiziqtirishni  so‗ndirib,  o‗qishda  charchatib 

zada  qilib  qo‗ymaslik  uchun  o‗quv  mavzularini  tajriba  qilib  ko‗rsatish  va  fizik 

asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi. 

Bu usul o‗quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. 




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling