Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Molekulyar fizika bo‘limini o‗rta maktab va


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/65
Sana05.01.2022
Hajmi1.66 Mb.
#232012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi

1.2.Molekulyar fizika bo‘limini o‗rta maktab va 

kasb-xunar kollejlarida tutgan o‗rni. 

 

Fizika  fani  tabiiy  fan    bo‗lganligi  bois  o‗quvchilarni    qiziqishini 

shakllantirish  uchun  o‗qituvchi  ularning  shakllanish  sharoitini  ifodalovchi 

faktorlarni  bilishi  lozim.  Bunday  faktorlarga  g‗oyalar,  turli  yo‗l  tutishlar  va 

emotsiyalar kiradi[17,18]. 

O‗quvchilarni  fanga  qiziqishini  shakllantirish  zaminida  ota-onalar 

talablarini  bajarilishi,  o‗rta  maktabni  tugatish,  tugatgandan  keyin  biror  kasbni 

tanlashlariga  sabab  bo‗lishi  va  nihoyat  jamiyatga  foydali  shaxs  bo‗lib 

tarbiyalanishiga erishish uchun ko‗p bilim olishi va intilishi lozim. 

YUqoridagi  fikrlarni  amaliy  isbotini  aks  ettirish  uchun  o‗qituvchi  har  bir 

mavzuni  o‗qitish  jarayonida  uning  istiqbolini  ko‗ra  olishi  lozim.    Buning  uchun 

oldindan  olingan  bilimlarga  tayanishi  va  kelajakda  uning  davomiyligini 

ta‘minlanishini  e‘tiborga olishi  lozim.  Masalan,  molekulyar  fizika bo‗limini o‗rta 

maktab  sharoitida 6-9 sinflarda o‗tiladi.  Mlolekulyar fizikani o‗rgatayotgan 6-sinf 

o‗qituvchisi  molekulyar  fizikaning  turmushda  va  texnikadagi    ahamiyatiga  

to‗htalib o‗tmog‗i lozim. Moddaning agregat xolatida ham bir turdan ikkinchi turga 

o‗tishida  molekulyar  fizika  ning  muhim  o‗ringa  ega  ekanligini  barchamizga 

ma‘lumdir.  Molekulyar  fizika  fizikani  har  bir  mavzusining  ajralmas  qismi 

ekaniligini  o‗quvchilarga  uxtirib  o‗tish  kerak.  Xatto,  inson  organizmining  90  %  i 

suvdan iborat ekanligi, uning ko‗payib ketishi va kamayishi insonnni hayotiga havf 

solishini  aytib  o‗tish  foydadan  xoli  bo‗lmaydi.  9-  sinfda  esa  molekulyar  fizikani 



o‗tayotganda  endi  6-  sinfda  o‗rganilgan  bilimlarni  uzviy  davom  ettirgan  holda 

ularni  mustahkamligiga  erishish  chuqur  nazariy  asosini  yaratish,  berilgan  har  bir 

ma‘lumotlarni chuqur tavsifini bayon  etish lozim. 

Kasb-xunar  kollejlarida  esa,  molekulyar  fizikani  o‗qitish  metodikasining 

vazifalaridan biri kasbga oid fizik ma‘lumotlarlarni fizika kursi mazmuniga kiritish 

orqali  o‗quvchilarning  ham  fanni  o‗rganishga,  ham  kasbni  egallashga  bo‗lgan 

qiziqishini  oshirish,  natijada  ilmiy  dunyoqarashini  shakllantirish,  ularning  ongiga 

doimo  olamning  moddiyligi,  hodisalarining  o‗zaro  bog‗liqligini  singdirib 

borishdan,  kasbga  doir  bilimlarini  chuqurlashtirishdan  iboratdir.  Bu  esa, 

molekulyar  fizikani  o‗rganish  orqali  berilayotgan  bilimlarni  uzviylashtirish  fizik 

hodisalarning tabiatini va ular orasidagi bog‗lanishni ham ochib berishda  

 

 



 

 

   asosiy  rolni  uynaydi.  To‗g‗ri  o‗rnatilgan  bog‗lanish  bir  mavzuni  ikkinchisi 



to‗ldirib  borishi,  ularning  bir-biridan  ajralib  qolmasligini  ta‘minlaydi.  Mavzular 


o‗zaro  yaxshi  bog‗lanmasa,  o‗quvchi  olam  hodisalari  bilan,  to‗qnashganda  uning 

oldida  ojiz  bo‗lib  qoladi.  bog‗lanish  etarli  darajada  bo‗lsa,  olamning  moddiyligi, 

hodisalarning  birligi  va  ularning  bir-biridan  ajralmasligi  o‗quvchilar  ongida 

shakllanib boradi. 

O‗qitishda  sistemalilik  va  ketma-ketlik  prinsipiga  ko‗ra  bilimlarni  ilmiy 

asoslangan  holda  o‗rgatilishi,  har  bir  o‗rganiladigan  material    avval 

o‗rganilganlariga 

asoslanishi, 

kelajakda 

o‗rganiladiganlarga 

imkoniyat 

tug‗diradigan bo‗lishi va amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak. 

Kasb-xunar 

ta‘limi 


fizikasidagi 

molekulyar 

fizikani 

o‗qitishda 

quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 

1. 


o‗quvchilarni umumta‘lim bilimlariga; 

2. 


Fan texnika taraqqiyotiga; 

3. 


Didaktika prinsiplariga; 

4. 


Hodisalarni  o‗rganish  vaqtida  fizik  bilimlarning  chuqurlashib  va 

rivojlanib borishiga; 

5. 

Molekulyar  fizika  bo‗yicha  olinadigan  bilimlar  asosida    hodisalar 



bog‗lanishini ko‗rsatib berishiga; 

6. 


O‗quvchilar ma‘lum sistemada kasbiy bilimlarni olishlarida va uning 

amaliy tadbiqlari bilan tanishishlarida molekulyar fizikaning o‗rniga; 

7. 

O‗quvchilarning dunyoqarashini shakllantirib borishiga to‗g‗ri va mos 



kelishiga. 

KXK  o‗qituvchilari    molekulyar  fizikani  o‗qitish      uchun    mavzulararo 

bog‗liqlik  va  moslikning  uzviyligini  amalga  oshirishda  quyidagi  yo‗nalishlarga 

ajratib ko‗rsatish mumkin: 

1. 

Molekulyar  fizikani  mazmunan  o‗rganishning  uzviyligini  aniqlash.  



Bu  muvofiqlik  shunday  bo‗lishi  kerakki,  bir  mavzuning  o‗rganilishi  bevosita 

ikkinchisi    uchun  zamin  tayyorlashi  bilan  birga,  ko‗prik  vazifasini  o‗tashi 

ta‘minlash. 

2. 


Molekulyar  fizika  bo‗limiga  oid  tushunchalar  va  malakalarni 

shakllantirishda uzviylikni vujudga keltirish. 




3. 

Umumiy  tushuncha  va  malakalarni  shakllantirishda  bir  xil 

yondoshuvni  vujudga  keltirish.  Masalan,  o‗quvchilarda  ko‗pgina  fanlar  uchun 

umumiy hisoblangan o‗quv adabiyotlari bilan malakalarni shakllantirishda umumiy 

yondoshuvni vujudga keltirish. 

4. 


O‗quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. 

5. 


Turli  fanlarda  qo‗llaniladigan  tadqiqot  uslublarining  umumiyligini 

ko‗rsatish. 

6. 

Turli  o‗quv  fanlari  darslarida  o‗rganiladigan  bir  xil  masalalarni 



o‗quvchilarning o‗qishga munosabatiga salbiy ta‘sir etmasligi uchun o‗rindoshlarni 

joylashtirish. 

  O‗quv  jarayonida  molekulyar  fizikani  uzviyligini  amalga  oshirishning 

quyidagi usullarini ko‗rsatib o‗tamiz: 

1.  Fizika  darslarida  o‗rganilayotgan  molekulyar  fizikaning  ma‘lumotlarini 

ilgari o‗rganilgan hodisa bilan o‗zaro aloqasini ko‗rsatish. 

2.  Molekulyar  fizikani  o‗rganishda  ilgari  boshqa  fanda(tabiat,  botanika, 

geografiya,  biologiya,  kimyo...)  o‗quvchilar  tomonidan  o‗zlashtirilgan  bilimlarga 

tayanish. 

3. Eksperimental harakterdagi masalalarni echish. 

4. Mavzu doirasidagi amaliy ishlarni bajarish. 

     Molekulyar  fizika  bo‗limini  uzviylik    tamoyili  orqali  o‗rgatish,  fizika 

kursini  kasb-xunar  kollejlarida  o‗qitishning  izchilligini  ta‘minlaydi,  fanni 

o‗rganishda  o‗quvchilarda  yuzaga  keladigan  psixologik  bar‘erni  yuqotadi, 

o‗quvchilarni  fanni  o‗rganishga  bo‗lgan  qiziqishini  yanada  ortiradi.  Kelajak  ish 

faoliyatida  qo‗l  keladi.  SHu  bois  kasb-xunar  kollejlari  o‗qituvchilari 

o‗quvchilarning  bevosita  qaysi  yo‗nalishda(tibbiyot,  qurilish,  oziq-ovqat,  injener, 

tikuvchilik,  shafyor  va  ...)  faoliyatlarini  davom  ettirishlaridan  qat‘iy  nazar 

molekulyar  fizika    elementlariga  duch  kelishi  va  u  bilan  muloqot  o‗rnatishi 

muqarrar  ekanini  xis  ettira  olishi  lozim.  Buning  uchun  esa,  umumta‘lim  maktabi 

o‗qituvchilari  bu  zanjirni  boshlab  berishlari  ya‘ni,  6-sinfda  boshlang‗ich 

ma‘lumotlar berishlari,  9-sinfda esa nazariy asosini etkazishlari va nihoyat kasb-




xunar  kollejlarida  esa,  xodisalarni  nazariy  asosi  yanada  mustaxkamlanishi  va 

chuqurlashtirilishi  (MKN  nazariyasi  asosiy  qoidalari,  ideal gaz  qonunlari,  Issiqlik 

hodisalari, Paskal qonuni, gidrostatik paradoks, jismlarni suzish shartlari, Arximed 

qonuni,  Torichelli  tajribasi,   Bernulli  qonuni,  Puazeyl  qonuni, Stoks  formulasi...) 

va  texnika  va  turmushda  keng  qo‗llanilishiga  keng  e‘tibor  berib,  uning 

davomiyligini  ta‘minlagan  holda  bilim  berilishi  kelajakda  o‗z  kasbining  mohir 

ustasi bo‗lgan kadrlar jamiyatga kirib kelishiga asos yaratgan bo‗ladi. 


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling