Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
9-sinf o‘quv dasturi: 68 soat, xaftasiga 2 soatdan ajratilgandir. Molekulyar
fizika - fizikani turli agregat holatlardagi jismlarni xossalarini‚ ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqadigan bo`limdir. Molekulyar fizikani o`rganish‚ tabiatshunoslik fanlari fanlari nuqtai nazaridan olamni bugungi tasviriga bo`lgan ilmiy qarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mexanikani o`rgangandan keyin molekulyar fizikani o`rganishga o`tish‚ o`quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllanishida butunlay yangi bosqichdir. Mexanik hususiyatlardan farqli o`laroq‚ issiqlik hodisalaridagi yangi hususiyatlari 2 omil‚ ya`ni moddani uzlukli tuzilishi hamda‚ o`zaro tasirlashuvchi‚ zarralar atom‚ molekula‚ ionlar sonining kattaligi bilan izohlanadi[18]. Shu sababli‚ issiqlik hodisalarini tushuntirish uchun mexanikada ko`rilmagan yangi temperatura ‚ molekulalarning o`rtacha kvadratik tezligi‚ ideal gaz‚ gazni hajmi va bosimi‚ ichki energiyasi‚ issiqliqlik muvozanati‚ issiqlik jarayonlarini‚ yo`nalganligi hamda termodinamikaning qonunlari o`rganiladi. Molekulyar fizikani o`rganishdagi yangi bosqich 3 asosiy hususiyati bilan xarakterlanadi: qat`iy mantiqiy bog`liqlikda berilgan yanada kengroq ilmiy tushuncha va hodisalar qamrab olinganligi; ularning molekulyar hususiyatlarini miqdoriy tavsiflanishi; termodinamik hamda statistik metodlar kabi ilmiy bilish metodlarining izohlanishi va qo`llanilishi. Maktab fizika kursini bo`limi sifatida molekulyar fizika va issiqlik hodisalari jismlarni mexanik va issiqlik hususiyatlarini‚ shuningdek moddalarning tuzilishi hamda zarralarni o`zaro ta‘sirlashuvlariga bog`liq ravishda ularni agregat o`tishlarini o`rganadi. Bunda makroskopik moddiy sestema parametrlari P,V,T‚ sirt tarangligi va boshqalar bilan zarrachalar parametrlari harakat tezligi‚ konsentratsiyasi‚ o`zaro ta`sir qiluvchi kuchlar va boshqalar aniqlanadi. Bunday o`rganishdan so`ng makrohodisalar va jarayonlar molekulyar kinetik nuqtai nazardan izohlanadi. Natijada‚ fizik metodlarni mikroolamni o`rganishdagi qudrati namoyon bo`ladi‚ mikroolamni o`rganish‚ moddalarni ichiga kirib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Bilimlarni uzatishda qotib qolgan tasavvurlardan ogohlantiradi. Molekulyar fizika va issiqlik hodisalarini o`rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega‚ hamda issiqlik texnikasini va ma`lum texnik xususiyatlarga ega bo`lgan materiallarni yaratish sohasidagi fan va texnikaning quyidagi ulkan yutuqlarini namoyon qiladi: issiqlik hodisalarini bilish mumkinligi va ularni xos hususiyatlari haqidagi ilmiy tasavvurlarni solishtirish; makro va mikro kattaliklar orasidagi sabab va oqibatli bog`liqliklarni ehtimoli statistik harakterini ochib berish; o`rganilayotgan nazariya qonun va tushunchalarini tadbiq etish chegaralarni aniqlash; olamni hozirgi zamon tabiiy ilmiy manbalarini vujudga kelish va rivojlanishda molekulyar kinetik nazariyani ulkan rolini ko`rsatib berishni o`z ichiga oladi
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling