Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
-bob. TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa………………………………………………………………….
- Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
3-bob. TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI
3.1 Fizikadan tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishning mazmuni………………… 36 3.2 Olingan natijalar tahlili………………………………………………….. 37
40
41
Izohli lug‘at…………………………………………………………… 43
Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: O‗zbekiston respublikasida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi o‗zgarishlar yurtimiz taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu masalaning ustivor ahamiyati shundaki, ―Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim tizimi saviyasini jahon andozalari darajasiga etkazish, xalq xo‗jaligida mutaxassislarga bo‗lgan talab va ehtiyojni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir‖ deb bekorga aytilmayapti[1-4].
So‗ngi yillarda ta‘limda uzviylik tamoyilining ko‗llanilishiga, uni yanada rivojlantirishga(takomillashuviga) alohida urg‗u berilmokda. Buning boisi uzluksiz ta‘lim tizimidagi turli bug‗inlarini tarkib topganligi va ularda fizika majburiy umumta‘lim o‗quv fani sifatida mustahkam o‗rin egallaganligi, uning mazmunini invariant hamda variativ ko‗rinishda tabaqalanganligi deb xulosa qilinmokda. Ushbu yondoshuv o‗qitish uslubiyotini zamon talabi doirasida yangilanib borishini, hamda qisqa vaqtda kengroq xajmdagi bilim berish imkoniyatini yaratadi. YOshlarimiz iste‘dod, bilim va intellektual salohiyat bobida hech kimdan kam bo‗lmaslikka intilmoqdalar. Bu, albatta, yurtimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, ularning iqtidorini kashf etish va yuzaga chiqarishga yuksak e‘tibor qaratilayotganligi samarasidir. Zero, mamlakatimizda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ga muvofiq, umumta‘lim maktablaridan tortib, o‗rta maxsus kasb-hunar o‗quv maskanlarigacha – barchasida ta‘limning yangicha, o‗ziga xos uslublari joriy qilindi. Ayni jihat esa intiluvchan yoshlarning yutuq hamda muvaffaqiyatlarga erishishini ta‘minlash, jamiyatning turli jabhalarida xizmat qiladigan etuk malakali mutaxassislar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etayotir. Boshqa fanlar qatori fizika fani qaerda o‗rgatilishidan qat‘iy nazar, istalgan ta‘lim tizimlarida o‗qitishning uzviyligi va davomiyligini ta‘minlanishi, kelgusida etuk mutuaxassislar tayyorlashni muhim omili bo‗lmog‗i lozim. Aksariyat mutaxassislar o‗z kasbiy fanlarini chuqur egallashlarida, asosiy rolni fizika
fanining o‗quv mazmunini o‗zlashtirish darajasi tashkil etadi. Kutilgan natijaga erishish uchun esa, o‗rta maktab va kasb-xunar kollejlari o‗quv jarayonida har bir mavzu bevosita uzviy bog‗lanishini ta‘minlash muxim ahamiyat kasb etadi chunki, fizika kursi dastlab o‗qitila boshlanganda o‗quvchilar psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda ular o‗zlashtirishishga mos qilib umumiy tushunchalar beriladi. Bu asosan o‗quvchilarga fizika kursi bo‗yicha bilimlar tizimi bo‗lsa, birinchidan nazariy tasavvur qilish va bilishlari shart bo‗lgan bilimlar tizimi sifatida, ikkinchidan esa, berilayotgan axborot xajmini ularga mos holda birmuncha chuqurlashtirish va kengaytirish vositasida va nihoyat kasb-xunar kollejlarini vazifasi esa, olingan ko‗nikma va malakalarni amalda qo‗llay olishni shakllantirishdir. SHunday ekan, o‗quvchilarga berilayotgan bilimlar ko‗lamini mustaxkamlish, chuqurlashtirish va kasbga yo‗naltirish eng dolzarb masalalardandir. Hozirgi zamon tibbiyotining yutuqlari ko‗p jihatdan fizika, texnika va tibbiy asbobsozlikdagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Kasalliklarning tabiati va sog‗ayish mexanizmi ko‗p hollarda biofizika tushunchalari asosida tushuntiriladi. SHuning uchun tibbiyot oliygohining o‗quvchilari 1- kursdanoq ―Tibbiy va biologik fizika‖ kursida fizika, texnik, biologik fizika va matematikadan umumiy holda maxsus bilimlarni egallaydilarki, bu fanlarning asosi fizika bo‗lib, u tibbiy-biologik masalalarni hal qilishga yo‗naltiriladi. Biz quyida tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molecular fizika bo‘limini o‘qitishning o‘ziga xos tomonlarini o‗qitilish jarayoni misolida yuqoridagi fikrlarimizni tahlil qilamiz. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling