Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Fizika o‗qitishda fanlararo bog‗lanish
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
1.3. Fizika o‗qitishda fanlararo bog‗lanish
va kasbga yo‗naltirish. Hozirgi texnika jadal rivojlanayotgan paytda kasbga yo‗naltirib o‗qitish har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. SHu bois bizning respublikamizda yoshlarga kasbga yo‗naltirib o‗qitishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bunga kasb-hunar kollejlarining sonini yildan-yilga oshib borayotganligini misol keltirish kifoya[6,7]. Fizika o‗qitishda kasbga yo‗naltirib o‗qitishning maqsadlaridan biri sifatida ham, bilimlar sifatini oshirishning muhim faktori sifatida ham xizmat qiladi. Kasbga yo‗naltirib o‗qitish faqatgina kasbiy chaqqonlikni oshiribgina qolmay, shu bilan birga o‗quvchilarning ma‘naviy kuchlarini va qobiliyatlarini ham rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda bo‗lish kabi fazilatlarni shakllantirishga ham imkon beradi. Ma‘lumki, fan va texnika taraqqiyoti ta‘lim va tarbiyaning mazmuni va metodlariga bevosita ta‘sir etadigan quyidagi bir qator belgilar bilan xarakterlanadi: - fan, texnika va ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarning birga qo‗shilib ketishi natijasida fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib ketishi; - ishlab chiqarish kuchlari hamma elementlarini sifat jihatdan qaytadan qurish; - mehnat xarakteri va mazmuninining o‗zgarishi, unda ijodiy elementlar rolining o‗sishi; - ishchilar umumiy va maxsus ta‘limi, hamda madaniyatining o‗sish darajasi; - ekologik muammolarning paydo bo‗lishi va shunga bog‗liq bo‗lgan boshqa masalalar. O‗qitishda kasbga yo‗naltirishni amalga oshirish didaktik tamoyillarga tayanadi. O‗z navbatida, kasbga yo‗naltirib o‗qitish didaktik tamoyil vositalarini boyitadi va uni amalga oshirish ta‘sirini kuchaytiradi. Kasbga yo‗naltirib o‗qitish asosan ―ko‗rgazmali‖ bo‗ladi, chunki uning manbai texnika ob‘ektlari hisoblanadi. SHu tufayli, fizika o‗qitishda politexnik tamoyilni ketma-ket amalga oshirish ko‗rgazmalilik tamoyili vositalarini boyitish bilan birga fizikadan o‗quv jihozlariga aniq talablar qo‗yadi. Politexnizm tamoyili ilmiylik, bilimlarni o‗zlashtirishning ongliligi, nazariyaning amaliyot bilan bog‗liqligi, ko‗rgazmalilik singari didaktik tamoyillar bilan chambarchas bog‗langan. Politexnik tamoyilni amalga oshirishning bosh zvenosi – o‗qitishni mehnat va ishlab chiqarish bilan bog‗liqligi hisoblanadi. Kasb-hunar kollejlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sohasiga boradi. SHu munosabat bilan ular mehnat tarbiyasini olgan bo‗lishlari zarur. Mehnat tarbiyasi masalasini hal etishda fizika o‗qituvchisi ham ma‘lum darajada ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasini o‗rta umumta‘lim maktablardan boshlash maqsadga muvofiq, chunki o‗rta umumta‘lim maktablarni bitirgan o‗quvchilarning ko‗pchilik qismi kasb – hunar kollejlariga boradi, qolaversa akademik litseylarni bitirgan talabalar ham ma‘lum vaqtdan keyin biror turdagi mehnat bilan shug‗ullanishi tabiiydir. Mehnat tarbiyasining maqsadi yoshlarni hamkasblarga, mehnat jamoalarga muhabbat va xurmat ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun zarur va foydali ishlarni bajarishga tayyorlash, mehnat natijasiga javobgarlik hissini, jamoa qiziqishini o‗zining qiziqishlaridan ustun qo‗yishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo‗lish hislariga erishishga yoshligidan tayyorlab borishdan iborat. Agar, o‗qitish ishlab chiqarish mehnati bilan qo‗shib olib borilsa, yaxshi samara beradi. Endi kasb-hunar kollejlariga kelsak, bu erda mehnat tarbiyasi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Kollejlarda barcha fan o‗qituvchilari buni amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Fizika o‗qituvchisi ham har bir darsida faqat fan asoslarini o‗rgatib qolmasdan mehnat tarbiyasini ham amalga oshirishi kerak. Fizika o‗qituvchisining talabalarni mehnat tarbiyasi va kasbga yo‗naltirish bo‗yicha ish metodini aniqlovchi tamoyil bo‗lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Fizika o‗qituvchisi o‗z darslarida avvalam bor o‗z faniga talabalarni qiziqtira olishi zarur, aks holda u hozirgi ishlab chiqarishning ilmiy asoslari haqida, novator va ijodkorlar haqida har qancha chiroyli so‗zlab bersa ham talabada mehnatga ijodiy munosabat shakllanmaydi. Kasb-hunar kollejlarida ishlayotgan fizika o‗qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o‗z darslarida fizikani talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko‗rsatib bera olishi va bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo‗ladi. O‗qituvchi shu yo‗l bilan talabalarni fizika faniga bo‗lgan qiziqishini oshirish bilan birga o‗z kasbiga muhabbat tuyg‗usini ham uyg‗ota oladi. Fizika o‗qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda texnika taraqqiyotini belgilovchi faktor fizikaning qonunlari ekanligiga talabalarda ishonch hosil bo‗lsin. Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya‘ni yutuqlaridan xalq farovonligi yo‗lida foydalanish talabalarning politexnik saviyasini, hamda kasbga yo‗naltirish bo‗yicha qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi. Fizikani o‗rganish o‗quvchilarning fizikadan olgan oldingi bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika, tebranish va to‗lqinlarni o‗rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro fizikasini o‗rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarga, issiqlik va elektr haqidagi ta‘limotlarni tushuntirishda sanoat talablari haqidagi tarix kursidan olgan ma‘lumotlar, atmosfera, konvensiya, er magnetizm hodisalarini o‗rganishda geografiyadan olgan bilimlardan foydalaniladi. Fizika kursini boshqa o‗quv predmetlari bilan bog‗lanishini amalga oshirish quyidagi maqsadlarni ko‗zlaydi:
Tabiiy ilmiy bilimlarning dialektik birligi asosida tabiat haqida yagona qarashni shakllantirish; bilimlarni sistemalashtirishni tashkil etish; o‗quvchilarda tabiat hodisalari, tushunchalar, nazariyalar orasida har tomonlama bog‗lanish borligini o‗rnata olish ko‗nikmasini shakllantirish; bu bog‗lanishlar bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi sabab ekanini tushuntirishni ta‘minlash; o‗qitishni politexnik yo‗nalishini kuchaytirish; o‗quchilar bilimini generalizatsiyalash va boshqalar. Fanlararo bog‗lanishni amalga oshirish ikki moslashtirish orqali amalga oshiriladi: 1) vaqt bo‗yicha 2) tushunchalar bo‗yicha. Vaqt bo‗yicha moslashtirish deganda, biror tushuncha, aytaylik vektor tushunchasi matematikada o‗rganilib bo‗lingach fizikada vektor kattaliklar, ular ustidagi amallar bajariladi yoki trigonometrik funksiyalar matematikada o‗rganilgach uni fizikada qo‗llash, fizik asoslari o‗rganiladi va bulardan astronomiyani o‗qitishda foydalaniladi. Tushunchalar bo‗yicha moslashtirishga molekula, atom va modda tuzilishini olish mumkin. Bu tushunchalar fizikada ham kimyoda ham o‗rganiladi. O‗quvchilarda bu tushunchalar bo‗yicha yagona tasavvur hosil bo‗lishi uchun ularni izohlashda, tushuntirishda fizika va kimyoni o‗rganishda yagona yondoshuv zarur, aks holda o‗quvchilarni chag‗itishimiz, ularda modda tuzilishi, atom va yadro haqida bir-biriga zid qarashlarni shakllanishi, oqibat natijada ularda yagona tasavvur hosil bo‗lmasligi mumkin. Fanlararo bog‗lanishni amalga oshirish uchun avvalom bor predmetlarning o‗quv dasturlarini, darsliklar va qo‗llanmalarni yaratishda hisobga olish zarur. |
ma'muriyatiga murojaat qiling