Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi
Fikrlay olasanmi? Bunda o‗quvchilarning fikrlash qobiliyatini
o‗stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o‗yin o‗tkaziladi.
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishga, o‗z fikrini ochiq va erkin ifodalangan mahoratini shakllantiradi.
qo‗l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‗z dalillarini yozma va og‗zaki shaklda ishonchli va lo‗nda ifodalashni shakllantiradi, o‗z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‗rgatadi. Bu texnologiyani o‗quv materialini o‗ragnishning turli bosqichlarida qo‗llanishi mumkin. Ammo u o‗tilgan materiallar bo‗yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natijaberadi, chunki o‗qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o‗rganilgan materiallardan erkin foydlanishni nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruxlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin. YUqorida nomlari yozilgan innovatsion usullarning fizika mavzularida qo‗llashni ko‗rib chiqamiz. Modellashtirish usuli – o‗qituvchi bayon qilayotgan xodisa va voqealarni o‗quvchi parallel holatda idrok etib, o‗z daftarida chizayotgan model orqali yangi mavzuni mustaxkamlaydi. Masalan, VI sinfdagi ―Ichki yonuv dvigateli. Bug‗ trubinasi‖ mavzusini misol qilib ko‗rsatish mukin. Bu mavzuni o‗tishdan oldin o‗qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini sinfga olib kiradi va tushuntiradi. Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 1.
Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? YOnilg‗i to‗g‗ridan-to‗g‗ri dvigatelning ichida, uning silindrida yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi. 2.
Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‗ladi? Dvigatel silindrdan iborat bo‗lib, uning ichida porshen yuradi, porshen tirsakli valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun valga salmoqli g‗ildirak (maxovik) o‗rnatilgan. Silindrning yuqoridagi qismida ikkita klapan bo‗lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda ochilib, yopilib turadi. YOnuvchi aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, svecha yordamida alanga oladi. YOnganda hosil bo‗lgan gazlar ikkinchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. Bularning hammasi model orqali ko‗rsatib boriladi. SHunday qilib, dvigatelning asosiy qismlari: silindr, porshen, tirsakli shatun, val, salmoqli g‗ildirak, klapanlar, svechalar. Bug‗ trubinasining modeli ham shu asosda modelga qarab tushuntiriladi, ya‘ni oldin savollar beriladi. So‗ng shu savollar asosida javob berib boriladi. Savollar quyidagilardan iborat: 1. Bug‗ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? Bug‗ yoki yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini porshen, shatun va tirsakli val yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi. 2. Eng sodda bug‗ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? Valga disk o‗rnatilgan bo‗lib, uning to‗g‗iniga kuraklar maxkamlangan. Kuraklar yaqiniga kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak, sodda bug‗ turbinalarning asosiy qismlari: vl, disk, kuraklar va soplolardir. 3. Bug‗ turbinasi qanday ishlaydi? Soplolarga qozondan bug‗ keladi. Soplolardan otilib chiqayotgan bug‗ oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini tez aylantirib beradi. 4. Bug‗ turbinalari qaerlarda ishlatiladi? Ular issiqlik elektr stansiyalarida va kemalarda hamda teplovozlarda ishlatiladi. 5. Bug‗ o‗rnida boshqa maxsulot ishlatish mumkinmi? Ha, bug‗ o‗rnida gazning yonish maxsulotidan foydalaniladigan gaz turbinalari asta-sekin tobora keng ko‗lamda qo‗llanilmoqda. Bu usul o‗quvchilarda o‗zlashtirishning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati, moyilligi borligini hisobga olib, usullarning rang-barang turlarini o‗quv jarayoniga kiritish, o‗quvchilarda ijod kurtaklari nish urayotganini aytib rag‗batlantirib turish lozim. Bu usulning shu tariqa rang-barangligi, o‗z kuchlarini har tomonlama sinab ko‗rishga har bir o‗quvchining shaxsiy qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta‘minlash, ular uchun o‗quv jarayonining yana ham qiziqarliroq bo‗lishi uchun imkon qidirish lozim bo‗ladi. Namoyish qilish. (Demonstratsiya) usuli. Demonstratsiya – lotincha so‗z bo‗lib, ko‗rsataman, isbotlayman degan ma‘nolarni bildiradi. Bu usul o‗quvchilarni bilimga qiziqtirishni so‗ndirib, o‗qishda charchatib zada qilib qo‗ymaslik uchun o‗quv mavzularini tajriba qilib ko‗rsatish va fizik asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi. Bu usul o‗quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling