Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 0.59 Mb.
bet2/21
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#260081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
123182 answer Нигора курсавой Умумий физика (Охирги варянт).doc

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng, rivojlangan mamlakatlar kabi barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatni asosiy qismini yoshlar tashkil etishini etishini hisobga olgan holda, kelajkni aynan shu yoshlar borpo etishini nazarda tutgan holda yoshlarni zamonaviy va jahon talablariga mos yetuk kadr qilib yetishtirish bosh masala sifatida belgilandi.

Yetuk kadrlar tayyorlash avvalo fan texnika sohalarini rivojlantirish maqsadi yo’lida, ta’lim sohasiga innovatsiyalar kiritildi va sohaga e’tibor kuchaytirildi.

Muhtaram prezidentimiz SH. M. Mirziyoyev tomonidan 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Harakarlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalish “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga qaratilga bo’lib, maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish g’oyalari ilgari surilgan.

Hozirgi kun talabini hisobga olgan holda yoshlar faqat darsliklardagi bilimlarga tayanib qolmasdan, fan yuzasidan mustaqil shug’ullanishlariga undash, ko’proq kitob o’qish va fandagi o’zgarishlar, ilmiy tadqiqotlar, yangiliklardan bohabar bo’lishga intilishlari kelajakda yetuk mutahassis bo’lishga qo’yilgan ilk qadam hisoblanadi. Shunday ekan atrofimizga befarq bo’lmasdan har bir voqea hodisani ilmiy tahlil qila oladigan va fikr bildira oladigan darajada bilimli, zukko yoshlargina jahonda raqobatbardosh kadrlar bilan tenglasha oladi. Har bir soha shu yo’sinda rivojalnadi. Masalan, har qadamda uchraydigan jarayonlar, hodisalarga hoh u tabiiy bo’lsin, hoh sun’iy bo’lsin biz bo’lajak fizik sifatida ilmiy jihatda, fizik jihatdan hodisani tahlil qila olishimiz va amliyotda ko’rsatib bera olishimiz kerek. Fizika fani shundagina rivojinilanadi. Fanni yoki fan yuzasidan hodisani o’rganish hodisa evolyutsiyasidan boshlanadi.

Yer yuzi yaralibdi-ki, unda ma’lum bir tabiiy muhit hukmini o’tkazib kelmoqda. Xususan, yerda ilk bor suv muhiti, undan so'ng qurg'oqchilik muhiti avj olgan. Bu holat bir necha asrlar davomida sodir bo'lgan. Shu bugungacha bo'lgan vaqt davomida ona tabiatimiz o'zining turfa sirlarini insoniyat tominidan ocha boshladi. Tabiat insoniyatga berilgan mukofot deya ta’riflashlari bejiz emas. Umuman olganda insoniyat ham tabiatning bir qismi hisoblanadi. Tabiat insonlarni hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat ne’matlari hisobiga insoniyatda tiriklik zanjiri harakatlanadi. Ibtidoiy davrlardanoq insoniyat tabiat hodisalariga befarq bo’lmaganligi, o’sha davrlar hayoti haqida yozilgan ilmiy manbalardan, hatto diniy manbalardan ko’rishimiz mumkin. Insoniyat evolutsiyasi rivojlangani sayin odamlar tabiiy ravishda yuz berayotgan hodisalarga qiziqib, ularni ilmiy jihatdan o’rganishga harakat qildilar va hozirgi kunga qadar o’rganilayotgan, insoniyatga to’liq ochib berilmagan, yoritilmagan tabiat hodisalari mavjud. Bular ustida hamon dunyoni ko’zga ko’ringan olimlari ish olib bormoqdalar.

Ba’zida biz – odamlar tevarak- atrofga nazar solib qarashni unutib, bizni o’rab turuvchi olamning o’ziga maftun etadigan noyob tabiat hodisalarini ham ko’rmay qolamiz. Mazkur ishda dunyoning turli burchaklarida yuz beradigan noyob atmosfera hodisalari bilan tanishishingiz mumkin.

Kurs ishining obyekti. Tabiat hodisalari

Kurs ishining maqsadi. Hozirgi kunga qadar o’rganilgan tabiat hodisalarini yuzaga kelish sabablarini o’rganish.

Kurs ishining vazifalari.


  • Tabiat hodisalari haqida adabiyotlardan ma’lumot to’plash.

  • Kamalak va tabiatdagi boshqa optik hodisalarni

sodir bo’lish holatlarini ilmiy jihatdan fizikasini o’rganish.

  • Tabiat hodisalarini optik tasnifini o’rganish.

  • Mavzuni internet ma’lumotlari bilan boyitish.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling