Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Samsung — koreys tilidan tarjima qilinganda, “3 ta yulduz” ma’nosini beradi. Instagram


Download 1.87 Mb.
bet7/14
Sana02.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1320467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Qoblan Alpisbaev

Samsung — koreys tilidan tarjima qilinganda, “3 ta yulduz” ma’nosini beradi. Instagram — Instant — “bir lahzada” hamda Telegram — “telegraMMa” so‘zlari birikmasidan hosil qilingan.
1.2 SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. YOUTUBE SAYTI
YouTube katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin. YouTube sayti Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan.
YouTube, foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.
YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin
YouTube saytidan foydalanish uchun www.youtube.com rasmiy manziliga kiriladi.
YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin.
YouTube saytida ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish
1. YouTube saytida ro‘yxatdan o‘tish uchun “Sign In” buyrug‘ini tanlab, Google akkauntining login va paroli bilan kirish mumkin (1).
Agar Googleda akkaunt mavjud bo‘lmasa, u holda “Create account” buyrug‘i orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
2. “Home” bo‘limi orqali saytning bosh sahifasiga o‘tish mumkin (2).
3. “Trending” bo‘limida ayni vaqtda eng mashhur videoroliklarni ko‘rish mumkin (3).
4. Qidiruv maydoni orqali tarmoqda mavjud videoroliklarni qidirish mumkin. Buning uchun kalit so‘z maydonga kiritiladi va qidiruv tugmachasi bosiladi (4). “History” bo‘limi orqali tarmoqda ko‘rilgan videoroliklar tarixini ko‘rib chiqish mumkin (5).


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling