Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOG‘I


Download 1.87 Mb.
bet8/14
Sana02.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1320467
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Qoblan Alpisbaev

1.3 SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOG‘I
Telegram tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar almashish dasturi bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va h. k.)ni jo‘natish mumkin.
Telegram loyihasi 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi.
Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin.
Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar.
Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar.
Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi.
Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin.
Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi.
Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish
1. Ilovani ishga tushirib, START MESSAGING tugmachasi tanlanadi (1).
2. Davlat nomi va telefon raqami kiritiladi (2).
3. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelgan kod teriladi (3)


Telegram tarmog‘ini sozlash
1. Telegramga (1) kirib, Contacts (2) bo‘limi orqali yangi foydalanuvchi kontaktini qo‘shish mumkin.
2. Telegramga (1) kirib, Settings (Sozlash) (3) bo‘limi orqali profilni tahrirlash (4), xabarlarni eslatish (5), profilni himoyalash (6), chat oynasini sozlash (7), yangi papka yaratish (8) hamda tilni sozlash (9) mumkin.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling