Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti geografiya va uni o


Xulosa………………………………………………………………….……16 K I R I S H


Download 1.53 Mb.
bet2/8
Sana28.03.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1302684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kalmaxan

Xulosa………………………………………………………………….……16
K I R I S H
O’zbekiston Respublikasida bitiruvchi 2-kurs magistrantlari o’z tadqiqot olib borayotgan ishi bo’yicha stajirovka o’tashi belgilab o’tilgan. Buning uchun vazirlikning 2015-yil 30-oktyabrdagi 9-2015-son buyrug’i “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o’tash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i qabul qilingan. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi va 2015-yil 2 martdagi 36-son «Magistratura to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) magistratura mutaxassisliklari talabalari (bundan buyon matnda magistratura talabasi deb yuritiladi) tomonidan stajirovka o’tash tartibini belgilaydi.
Ilmiy amaliyotning maqsadi:
Amaliyot bilan bog’liq me’yoriy hujjatlar bilan tanishish. Mavjud adabiyotlar, amaliyotni o’tash bilan bog’liq o’quv qo’llanmalari bilan tanishish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ma’lumotlarni to’plash.
Tadqiqotga tayyorgarlik:
Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografik va axborot resurslari, kutubxona fondlari va elektron manbalar bilan tanishish. Bibliografik ro’yxatlarni tuzish.
Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig’ish va tahlil qilish (yoki tajribalar o’tkazish):
Taklif etilayotgan gipotezani qo’llab-quvvatlaydigan tanlangan ilmiy usullardan foydalangan holda tadqiqotlar asosida yangi ilmiy ma’lumotlarni olish. Olingan ma’lumotlarning dastlabki tizimlashtirilishi. Eksperimental sinov materiallari to’plami. Ma’lumotlarni umumlashtiring, nimani anglatishini aniqlash uchun mavjud ma’lumotlar bilan taqqoslang, tahlil qiling
Matematik statistika usullaridan foydalangan holda ma’lumotlarning yangilik, ob’ektivlik va aniqlik, ishonchlilik va yaxlitlik talablariga muvofiqligini tekshirish.
Tadqiqot amaliyotining dolzarbligi: Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm xo‘jaligini hududiy tashkil etish va rivojlantirish, turizm xo‘jaligini boshqarish, O‘zbekistonni turistik rayonlashtirish, turistik obektlar va ularga baho berish, hududiy turistik rekreatsion tizimlarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish, hududlarning turistik infratuzilma salohiyatini baholash, hududlarning turistik rivojlanish bo‘yicha reytinglarini aniqlash, turistik marshrutlarni loyihalash va tuzish, hududlarning turizm salohiyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish masalalari bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson sog‘ligini yaxshilash va tiklash borasida sog‘lomlashtirish markazlari va sihatgohlar xizmati faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida mineral suv resurslarini ko‘paytirish yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. O‘tgan yillar davomida respublikamizda 40ga yaqin turli shifobaxsh suv konlari ochilgan va foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlarini pasayishini va umr uzayishini ta’minlash borasida mineral suvlar bilan davolaydigan sog‘lomlashtirish maskanlar imkoniyatlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling